Xitoy olimlari saratonga qarshi yangi davolash usulini yaratishdi
Bu xavfsiz va arzon usul nafaqat saraton, balki astma va immun tizimi kasalliklarida ham foydali bo‘lishi mumkin.

Xitoylik olimlar saratonga qarshi yangi virusli terapiyani muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazishdi.
Mazkur innovatsion usul saraton hujayralarini aniq nishonga olib, ularni yo‘q qiladi va sog‘lom hujayralarga zarar yetkazmaydi. To‘rtta bemorda o‘tkazilgan dastlabki sinovlar ijobiy natija ko‘rsatdi.
Biotexnologik yondashuv hozirgi davolash standartlariga nisbatan 4 baravar arzon va xavfsizroq bo‘lib, bir kursi taxminan 130 ming dollarga tushadi. Bu esa saraton bilan kurashayotgan bemorlar uchun sezilarli yengillik yaratishi mumkin.
Yangi terapiya faqat saratonga emas, balki astma va immun tizimi bilan bog‘liq kasalliklarda ham qo‘llanilishi mumkin. Tadqiqotchilar bu usul yallig‘lanishni kamaytirish va immun tizimidagi muvozanatni tiklashga xizmat qilishini ta’kidlashmoqda.







