Buyuk Britaniyadagi oilalarga noto‘g‘ri jasadlar yuborildi — Air India fojiasi ortidan mojaro
Air India 171 halokatidan so‘ng dafn marosimlarida xatolik aniqlandi — oila a’zolariga begona jasadlar yuborilgan. Tergov davom etmoqda, aviakompaniyaga qarshi e’tiroz kuchaymoqda.

2025-yil iyul oyi boshida yuz bergan Air India 171 reysi halokati ortidan aniqlangan yangi tafsilotlar xalqaro jamoatchilikda jiddiy norozilik va tashvish uyg‘otmoqda. Halokat natijasida samolyotda bo‘lgan yo‘lovchilarning barchasi halok bo‘lgan, ularning aksariyati Hindiston va Buyuk Britaniya fuqarolari ekani ma’lum qilingan edi.
Buyuk Britaniyada istiqomat qiluvchi qurbonlar oilalari tomonidan berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, ba’zi jasadlar noto‘g‘ri aniqlanib, xatolik bilan boshqa oila a’zolariga yuborilgan.
Aniqlangan holatlarga ko'ra, Britaniyalik Miten Patel ismli fuqaro onasining jasadi deb yuborilgan qabut ichidan boshqa odamlarning jasad qoldiqlari chiqqanini bildirdi. Unga ko‘ra, tobut ichida kamida uch kishiga tegishli bo‘lgan suyaklar aniqlangan.
Yana bir oilaga esa dafn uchun begona shaxs jasadi yuborilgani aniqlanib, marosim to‘xtatilgan. Bu kabi holatlar faqat DNK tahlillari orqali ma’lum bo‘lgan.
Hindiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatining bildirishicha, jasadlar xalqaro protokollarga qat’iy rioya qilgan holda, “eng yuqori professionallik” bilan yuborilgan. Biroq, Buyuk Britaniya tomonida bu bo‘yicha mustaqil surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Hodisa yuzasidan Hindiston va Britaniya rasmiylari o‘rtasida muzokaralar boshlangan.
Air India kompaniyasidan halokat va jasadlar bilan bog‘liq e’tiborsizlik uchun jamoatchilik raddiyasini kutmoqda.
Air India 171 reysi iyul oyida texnik nosozlik sababli qulab tushgan. Halokatda barcha yo‘lovchilar va ekipaj a’zolari halok bo‘lgan. Hozirda maxsus komissiya tomonidan halokat sabablari va aniqliklar yuzasidan tergov ishlari davom etmoqda.








