Jahon

Gretsiyada jazirama tufayli ochiq havoda ishlash taqiqlandi

Aholini jazirama ta’siridan himoyalanish uchun konditsionerli maxsus joylar tashkil etilmoqda.

Gretsiyada jazirama tufayli ochiq havoda ishlash taqiqlandi

Sweden Herald xabariga ko‘ra, Gretsiyada kuchli issiq tufayli ba’zi hududlarda soat 12:00 dan 17:00 gacha ochiq havoda ishlash vaqtincha taqiqlanmoqda. Bu cheklov poytaxt Afina va mamlakatning boshqa ko‘plab hududlarida qurilish, kuryerlik va qishloq xo‘jaligi sohalarida faoliyat yuritayotganlar uchun amal qiladi.

 

Issiqlik Gretsiyaning markaziy hududlarida 43 darajaga, yirik shaharlarida esa 40 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Shu munosabat bilan ko‘plab shaharlarda aholiga jazirama ta’siridan himoyalanish uchun konditsionerli maxsus joylar tashkil etilgan.

 

Shuningdek, Turkiyada ham anomal issiqlik kuzatilmoqda. Mamlakat meteorologiya xizmati ogohlantirishicha, hafta davomida Diyarbakir shahrida harorat 45 darajagacha, sayyohlar orasida mashhur bo‘lgan Antaliyada esa 40 darajagacha yetishi mumkin.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Gretsiyada jazirama tufayli ochiq havoda ishlash taqiqlandi | Zamon.uz