Jahon

Hindiston talabalarini O‘zbekistondagi tibbiyot universitetlarida o‘qimaslikka chaqirmoqda

O‘zbekistondagi ta’lim muassasalari Hindistonning tibbiy ta’lim standartlariga javob bermasligi aytilmoqda.

Hindiston talabalarini O‘zbekistondagi tibbiyot universitetlarida o‘qimaslikka chaqirmoqda

Hindiston Milliy tibbiy komissiyasi (NMC) xorijda tibbiyot bo‘yicha tahsil olayotgan yoki o‘qishni rejalashtirayotgan abituriyentlarga ogohlantirish berdi. Komissiya Markaziy Amerikadagi uchta va O‘zbekistondagi bitta tibbiy oliygohda o‘qish tavsiya etilmasligini ma’lum qildi.

 

NMC bayonotida aytilishicha, bu ta’lim muassasalari Hindistonning tibbiy ta’lim standartlariga javob bermaydi. Xususan, Toshkent davlat tibbiyot universitetining Chirchiq filialida tahsil olishdan ogohlantirildi. Qolganlari Belizdagi Markaziy Amerika sog‘liqni saqlash va fanlar universiteti, Kolumbiya Markaziy universiteti hamda Vashington sog‘liqni saqlash va fanlar universiteti bo‘ldi.

 

Komissiya bu universitetlarda kerakli akademik va klinik standartlar mavjud emasligini, zarur infratuzilma yo‘qligini, haddan tashqari kontrakt to‘lovlari olinayotganini, ta’lim sifati va sharoitiga doir yolg‘on ma’lumotlar tarqatilayotganini ta’kidladi. Ba’zi talabalar o‘qishni tark etmoqchi bo‘lganida ularga bosim o‘tkazilgani ham aytilgan.

 

NMC xorijdagi barcha hind talabalarini FMGL (Foreign Medical Graduate Licentiate) qoidalariga qat’iy rioya qilishga chaqirdi. Bu qoidalar o‘qish davomiyligi, o‘quv dasturi, ta’lim tili, klinik tayyorgarlik va amaliyot kabi jihatlarni o‘z ichiga oladi. Mazkur talablar bajarilmasa, Hindistonda tibbiyot sohasida ishlash uchun ro‘yxatdan o‘tish imkonsiz bo‘lishi mumkin.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Hindiston talabalarini O‘zbekistondagi tibbiyot universitetlarida o‘qimaslikka chaqirmoqda | Zamon.uz