Hindistonda aka-ukalar bir ayolga uylandi
Ushbu holat poliandriya odati deb nomlanadi va bu Himachal-Pradesh shtatida qonuniy hisoblanadi.

Hindistonning Himachal-Pradesh shtatiga qarashli Shillai qishlog‘ida aka-ukalar bir ayolga uylanishdi. Hatti xalqiga mansub Pradeep va Kapil Negi ismli erkaklar uch kun davom etgan marosimda Sunita Chauxan ismli ayol bilan nikohdan o‘tdi.
"Economic Times" nashrining yozishicha, bu holat Hindistondagi noyob an’analardan biri — poliandriya, ya’ni bir ayolning bir vaqtning o‘zida bir nechta aka-ukaga turmushga chiqishi bilan bog‘liq. Ushbu an’ana Himachal-Pradesh shtatidagi ba’zi jamoalarda hanuzgacha mavjud bo‘lib, qonuniy ravishda tan olingan.
Mahalliy aholiga ko‘ra, bunday nikoh shakli qadimdan mavjud bo‘lib, u oilaviy mol-mulkni bo‘linmasdan saqlash va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashga xizmat qilgan.







