Jahon

Isroilda Netanyaxuga suiqasd uyushtirgan keksa ayol hibsga olindi

Muxolifat rahbari Lapid voqeani keskin qoralab, bunday harakatlar qat’iy jazolanishi kerakligini ta’kidladi.

Isroilda Netanyaxuga suiqasd uyushtirgan keksa ayol hibsga olindi

Isroil xavfsizlik xizmatlari Bosh vazir Benyamin Netanyaxuga suiqasd uyushtirishni rejalashtirganlikda gumon qilingan ayolni qo‘lga oldi. Bu haqda “Kan” axborot agentligi xabar berdi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, 70 yoshlar atrofidagi ayol Netanyaxuga nisbatan tajovuzkor harakatlar tayyorlaganlikda ayblanmoqda. U Isroil markazidagi norozilik namoyishlari faollaridan biri bo‘lib, qarindoshlari bilan bo‘lgan suhbatda Bosh vazirga tankga qarshi granata bilan hujum uyushtirish niyatini ochiq bayon qilgan.

 

Ma'lum qilinishicha, ayol qurol topish uchun boshqa faollar bilan aloqa qilgan, Netanyaxuning xavfsizlik tizimi haqida ma’lumot yig‘ishga harakat qilgan. Ushbu harakatlardan xabardor bo‘lgan huquq-tartibot idoralari uni “Shin Bet” — Isroil xavfsizlik xizmati yordamida hibsga olgan.

 

Gumonlanuvchi Og‘ir va xalqaro jinoyatlarni tergov qilish milliy boshqarmasiga topshirilgan va so‘roq davomida aybini qisman tan olgan. Sud uning yoshi, sog‘ligi va ijtimoiy holatini inobatga olgan holda ayolni ehtiyot chorasi bilan qo‘yib yuborishga qaror qildi. Unga nisbatan Bosh vazir va davlat muassasalariga yaqinlashish taqiqi joriy etilgan.

 

Tergov tafsilotlarini yoritishga oid sud tomonidan ilgari e’lon qilingan cheklovlar esa bekor qilindi.

 

Mazkur holat yuzasidan muxolifat yetakchisi Yair Lapid bayonot berib, voqeani keskin qoraladi:

“Bosh vazirga suiqasd uyushtirish har qanday holatda ham og‘ir jinoyatdir. Bunday niyat egalari muqarrar jazoga tortilishi kerak”, — dedi u.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Isroilda Netanyaxuga suiqasd uyushtirgan keksa ayol hibsga olindi | Zamon.uz