Bayden xotiralari uchun 10 million dollarlik shartnoma imzoladi
Kitob hali chop etilmagan, ammo narxi Obamalar va Klintonning memuarlaridan ancha past.

AQShning sobiq prezidenti Jo Bayden o‘z hayot yo‘li va siyosiy faoliyati haqida yozayotgan xotiralari uchun yirik nashriyot bilan shartnoma imzoladi. Wall Street Journal manbalariga ko‘ra, Bayden memuarlarini chop etish va tarqatish huquqini Hachette Book Group nashriyotiga 10 million dollarlik avans evaziga topshirgan.
Shartnoma doirasida asar mualliflik huquqlari butun dunyo bo‘ylab Hachette kompaniyasi tasarrufiga o‘tadi. Bayden manfaatlari esa Creative Artists agentligi tomonidan himoya qilinadi.
Hozircha kitobning nashr sanasi aniqlanmagan. Nashrning yozishicha, prezident sog‘lig‘i qo‘lyozma yakunlanish muddati hamda marketing strategiyalariga ta’sir qilishi mumkin.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu memuar qiymati sobiq prezident Bill Klintonning kitoblaridan 15 million dollar, Barak Obama va uning rafiqasi Mishel Obamaga oid nashrlardan esa 60 million dollar arzonroq baholangan.







