Jahon

Kiyevda minglab odamlar Zelenskiyga qarshi namoyishga chiqdi

Prezidentning korrupsiyaga qarshi organlar ustidan nazoratni kuchaytiruvchi qonuni fuqarolar va Yevropa davlatlarining e’tiroziga sabab bo‘ldi.

Kiyevda minglab odamlar Zelenskiyga qarshi namoyishga chiqdi

Ukrainada Prezident Vladimir Zelenskiy tomonidan qabul qilingan yangi qonun fuqarolar noroziligiga sabab bo‘ldi. Qonunga muvofiq, mamlakatdagi asosiy korrupsiyaga qarshi idoralar — Milliy korrupsiyaga qarshi byuro (NABU) va Maxsus korrupsiyaga qarshi prokuratura (SAPO) — endilikda prezident tayinlaydigan bosh prokuror nazoratiga o‘tkaziladi. Bu esa ularning mustaqilligini yo‘qqa chiqarishi mumkin, deya ogohlantirmoqda tanqidchilar.

 

22 iyul kuni kechqurun Kievda minglab odamlar norozilik namoyishiga chiqdi. Shuningdek, Lviv, Dnipro va Odessa kabi boshqa yirik shaharlarda ham norozilik aksiyalari kuzatildi. Namoyishchilar “Qo‘llaringni NABUdan ol”, “Biz Evropani tanladik, avtokratiyani emas” kabi shiorlarni ko‘tarib chiqishdi.

 

Zelenskiy bu islohotlarni “Rossiyaning ichki ishlarimizga ta’sirini yo‘q qilish” zarurati bilan izohlagan. Uning aytishicha, yangi tizim korrupsiyaga qarshi kurashni yanada samaraliroq qiladi. Biroq, fuqarolik jamiyati faollari va xalqaro kuzatuvchilar bu qarorni korrupsiyaga qarshi kurashning orqaga ketishi sifatida baholamoqda.

 

Ukrainaning Yevropadagi ittifoqchilari — jumladan, Germaniya, Fransiya va Shvetsiya — yangi qonunni tanqid ostiga oldi. Ularning fikricha, Zelenskiyning bu qadami Ukraina tomonidan Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish yo‘lida erishilgan korrupsiyaga qarshi islohotlarni xavf ostiga qo‘yadi.

 

Yevropa Komissiyasining kengayish bo‘yicha komissari Marta Kos ushbu qonunni “qayta orqaga yurish” deb atadi va bu islohotlar Yevropa Ittifoqi bilan muzokaralarni to‘xtatib qo‘yishi mumkinligini bildirdi.

 

Jamoatchilik bosimi ostida Zelenskiy ikki hafta ichida NABU va SAPO mustaqilligini kafolatlaydigan yangi qonun loyihasi ishlab chiqilishini va’da qildi. Hozircha bu bayonot namoyishchilarni tinchlantirmagan.

 

Zelenskiyning korrupsiyaga qarshi organlar ustidan nazoratni kuchaytirish qarori Ukrainada fuqarolik jamiyati va xalqaro hamjamiyat tomonidan keskin tanqidga uchramoqda. Bu voqealar mamlakatning demokratik rivojlanishi, Yevropa Ittifoqi bilan integratsiyasi va xalqaro ishonchini jiddiy sinovdan o‘tkazmoqda.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kiyevda minglab odamlar Zelenskiyga qarshi namoyishga chiqdi | Zamon.uz