Jahon

Rossiyada 46 yo‘lovchini olib ketayotgan samolyot bedarak yo‘qoldi

Tynda shahriga yetib borishi kerak bo'lgan An-24 samolyoti radar ekranlaridan g‘oyib bo‘lgan.

Rossiyada 46 yo‘lovchini olib ketayotgan samolyot bedarak yo‘qoldi

Rossiyaning uzoq sharqiy hududida, ichida deyarli 50 nafar odam bo‘lgan An-24 yo‘lovchi samolyoti bilan bog‘lanish uzilib qoldi. Bu haqda mintaqaviy hokimiyat va mahalliy favqulodda vaziyatlar xizmatlari ma’lum qildi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot Xabarovsk shahridan havoga ko‘tarilib, Blagoveshchensk orqali Tynda shahriga yetib borishi kerak edi. Biroq Amur viloyati osmonida parvoz chog‘ida radar ekranlaridan yo‘qolgan.

 

Rossiyaning Angara aviakompaniyasiga tegishli bo‘lgan samolyot ichida 43 yo‘lovchi, jumladan 5 nafar bola, shuningdek, 6 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgani aytilmoqda. Favqulodda vaziyatlar vazirligi esa bortdagi yo‘lovchilar sonini taxminan 40 atrofida deb ko‘rsatgan.

 

Amur viloyati gubernatori Vasiliy Orlov Telegram'dagi sahifasida Samolyotni izlash uchun barcha zarur kuch va vositalar safarbar etilganini yozgan. 

 

Mi-8 vertolyoti qidiruv ishlariga jalb qilingan. Ayni damda hodisa yuzasidan tergov va tezkor izlash ishlari olib borilmoqda.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Rossiyada 46 yo‘lovchini olib ketayotgan samolyot bedarak yo‘qoldi | Zamon.uz