Jahon

Yevropa Ittifoqi AQShga nisbatan 90 mlrd yevrolik boj choralarini e’lon qilishga tayyor

Muzokaralar 1-avgustga qadar ijobiy natija bermasa, tariflar 7-avgustda kuchga kirishi mumkin.

Yevropa Ittifoqi AQShga nisbatan 90 mlrd yevrolik boj choralarini e’lon qilishga tayyor

Yevropa Ittifoqi Qo‘shma Shtatlar bilan savdo masalasida kelishuvga erishilmasa, AQSh eksportiga 90 milliard yevrodan ortiq bojxona to‘lovlari joriy etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Oxu.az nashri Yevropa diplomatik doiralariga tayanib xabar bermoqda.

 

Ma’lum qilinishicha, 7-avgustgacha tomonlar o‘rtasida savdo kelishuvi imzolanmasa, Yevropa Ittifoqi tomonidan javob chorasi sifatida AQShdan olib kiriladigan ayrim mahsulotlarga 30 foizgacha bo‘lgan boj to‘lovlari qo‘llanishi kutilmoqda. Ushbu choralarga avtomobillar, avto ehtiyot qismlar, fuqarolik aviatsiyasi vositalari hamda boshqa sanoat mahsulotlari kiradi.

 

Avvalroq, iyul oyi o‘rtalarida AQSh prezidenti Donald Tramp 1-avgustdan boshlab Yevropa Ittifoqidan import qilinadigan deyarli barcha tovarlarga 30 foiz, po‘lat va alyuminiy mahsulotlariga esa 50 foizlik bojlar joriy etilishini e’lon qilgan edi.

 

Yevropa Ittifoqi favqulodda holatga tayyorgarlik doirasida savdo muzokaralarini tezlashtirgan. YeI savdo komissari Marosh Shefchovich bu borada AQSh Savdo vaziri Govard Lutnik bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot olib bormoqda. Bryussel tomonidan 1-avgust muzokaralar uchun “oxirgi muddat” sifatida belgilanayotgan bo‘lsa-da, qarshi bojlar 7-avgustda kuchga kirishi mumkin.

 

Yevropa tomoni savdo urushi kuchayishi Yevropa iqtisodiy xavfsizligiga tahdid solishini ma’lum qilgan va AQShning har qanday bir tomonlama iqtisodiy choralariga qat’iy javob qaytarilishini bildirgan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Yevropa Ittifoqi AQShga nisbatan 90 mlrd yevrolik boj choralarini e’lon qilishga tayyor | Zamon.uz