Jahon

AQSH Demokratik partiyasining reytingi tushib ketdi

U so‘nggi 30 yildagi eng past darajaga pastlagan.

AQSH Demokratik partiyasining reytingi tushib ketdi

The Wall Street Journal gazetasi tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnomaga ko‘ra, saylovchilarning 63 foizi demokratlarning faoliyatiga salbiy munosabatda, faqat 33 foizi esa ularga ijobiy baho bergan. Taqqoslash uchun, Respublikachilar partiyasiga nisbatan salbiy munosabat ijobiy bahodan atigi 11 foizga yuqori, Donald Trampga nisbatan esa bu farq 7 foizni tashkil qiladi.

 

Faqat 8 foiz amerikaliklar Demokratik partiyani “juda ijobiy” deb baholagan, respublikachilar orasida bu ko‘rsatkich ikki baravardan ham yuqori — 19 foiz.

 

“Tramp iqtisodiyot, inflyatsiya, bojlar va tashqi siyosat kabi masalalarda tanqid qilinayotgan bo‘lsa-da, saylovchilar aynan shu yo‘nalishlar bo‘yicha demokratlarga emas, respublikachilarga ko‘proq ishonishmoqda”, deya qayd etadi WSJ.

 

Demokratlar hozirda faqat ikki yo‘nalishda — sog‘liqni saqlash va emlash masalalarida respublikachilardan ustunlikni saqlab qolgan. Shu fonda demokratlar yozgi tanaffus davrida saylovchilar bilan, jumladan, respublikachilar nazorat qilayotgan okruglarda ham, uchrashuvlar o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

 

Norozilik kayfiyatlari 2018 yilda Demokratik partiyaga Vakillar palatasida ko‘pchilik o‘rinni qaytarib olishga yordam bergan. Hozir buni takrorlash uchun ularga atigi bir nechta o‘rinda g‘alaba qozonish kifoya — respublikachilar ayni paytda Kongressda 219 o‘ringa ega, demokratlar esa 212 ta o‘rinni egallagan, yana to‘rt o‘rin esa bo‘sh.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

AQSH Demokratik partiyasining reytingi tushib ketdi | Zamon.uz