Jahon

Har yili 20 ming kishiga miyaga chipi o‘rnatiladi

Ilon Mask asos solgan kompaniya neyrotexnologiyalar orqali milliardlab daromad olishni ko‘zlamoqda.

Har yili 20 ming kishiga miyaga chipi o‘rnatiladi

Ilon Mask tomonidan tashkil etilgan Neuralink kompaniyasi 2031-yilgacha har yili 20 ming kishiga miya chipi implantatsiya qilishni rejalashtirmoqda. Bloomberg manbasiga ko‘ra, kompaniya olti yil ichida beshta yirik klinika ochadi va kamida uch turdagi neyroimplantni ishga tushiradi.

 

Ushbu chiplar turli sog‘liq muammolarini hal etishga xizmat qiladi. Telepathy deb nomlangan birinchi qurilma foydalanuvchiga kompyuter bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri fikr orqali muloqot qilish imkonini beradi. Blindsight nomli ikkinchi model ko‘rish qobiliyatini tiklashga yordam beradi, uchinchi — Deep deb ataluvchi qurilma esa Parkinson kasalligi va tremorni davolash uchun mo‘ljallangan.

 

Neuralink 2024-yilda klinik sinovlarni boshlagan va hozirgacha kamida 10 bemorda chip implantatsiyasi muvaffaqiyatli amalga oshirilgan. Shuningdek, AQSh FDA agentligi kompaniyaga Breakthrough Device (ilgarilovchi qurilma) maqomini bergan, bu esa nutq qobiliyatida og‘ir nuqsoni bor bemorlar uchun aloqa imkoniyatini yaxshilashga qaratilgan.

 

Neuralink 2031-yilgacha har yili chip operatsiyalari orqali 1 milliard dollarlik daromad olishni mo‘ljallamoqda. Biroq mutaxassislar Maskning oldingi loyihalarida bo‘lgani kabi bu safar ham va’dalar orqaga surilishi mumkinligini ta’kidlamoqda. Kompaniya hozirgacha $1,3 milliard sarmoya jalb qilgan va bozordagi umumiy bahosi $9 milliardga baholanmoqda.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.