Jahon

Italiya aeroportlarida ommamiy ish tashlash boshlandi

Minglab yo'lovchilarning parvozlari kechikishi yoki bekor qilinishi mumkin.

Italiya aeroportlarida ommamiy ish tashlash boshlandi

Italiya aeroportlarida 26-iyul kuni to‘rt soatlik umumiy ish tashlash o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Bu esa sayyohlik mavsumining eng yuqori cho‘qqisida o‘nlab reyslarning kechikishi va bekor qilinishiga olib kelishi mumkin.

 

Euronews xabariga ko‘ra, barcha yirik aeroportlarda mahalliy vaqt bilan soat 13:00 dan 17:00 gacha yuk tashuvchilar, yer xodimlari va boshqa aeroport xodimlari ish tashlashadi.

 

Namoyishchilar ish joylarida xavfsizlikni oshirish, mehnat sharoitlarini yaxshilash, kasbiy va shaxsiy hayot o‘rtasida muvozanatni ta’minlash kabi talablarni ilgari surmoqda. Shuningdek, ular ijtimoiy kafolatlarni saqlagan holda milliy mehnat shartnomalarini uzaytirishni so‘ramoqda.

 

Ish tashlash EasyJet, Ryanair, British Airways, Wizz Air, TUI, Volotea hamda Italiyadagi milliy aviakompaniya ITA Airways (sobiq Alitalia) kabi yirik aviakompaniyalarga zarar yetkazishi kutilmoqda.

 

Vaziyat boshqa Yevropa davlatlaridagi ish tashlashlar bilan yanada murakkablashmoqda. Ispaniya va Portugaliya aeroportlarida ham norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda, bu esa yozgi sayohat mavsumida minglab sayyohlar uchun transport inqirozini keltirib chiqarishi mumkin.

 

Italiyadagi noroziliklar mamlakatning asosiy aeroportlarini qamrab oladi: Milan-Malpensa, Milan-Linate, Rim-Fiumichino, Florensiya, Neapol va Venetsiya. Ayniqsa, Milan-Linate aeroportida qiyin vaziyat kutilmoqda, chunki yo‘lovchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish va darvoza xizmatlari uchun mas’ul Swissport xodimlari ham ish tashlashga qo‘shiladi.

 

Ispaniyada ish tashlash harakatiga Volotea aviakompaniyasi uchuvchilari va ekipaj a’zolari boshchilik qilmoqda. Bu kompaniya yo‘nalishlari Yevropaning 100 dan ortiq shaharlarini qamrab oladi, bu esa ko‘plab mashhur sayohat yo‘nalishlarida aviaqatnovlarni jiddiy ravishda buzishi mumkin.

 

Eng uzoq davom etadigan norozilik namoyishi Portugaliyada kutilmoqda. Bu yerda Groundforce (hozirgi Menzies Aviation) xodimlari 26-iyul soat 00:00 dan 29-iyul 00:00 gacha uch kunlik ish tashlashni e’lon qilgan. Ularning harakati Lissabon aeroporti ishini butunlay falaj qilishi mumkin. Bundan tashqari, avgust oyida ham ish tashlashlar qayta-qayta o‘tkazilishi rejalashtirilgan: 8–11, 15–18, 22–25 avgust hamda 29-avgust – 1-sentyabr kunlari.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.