Jahon

Kolumbiya universiteti Falastinni qo‘llagan talabalarni o‘qishdan chetlatdi

Namoyish paytida 78 kishi hibsga olindi, 4 talaba shifoxonaga yotqizildi.

Kolumbiya universiteti Falastinni qo‘llagan talabalarni o‘qishdan chetlatdi

AQShning nufuzli Kolumbiya universiteti Falastinni qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazilgan norozilik namoyishlarida ishtirok etgan 80 ga yaqin talabaga nisbatan intizomiy chora ko‘rdi. Universitet rahbariyati tomonidan chiqarilgan qarorga ko‘ra, ayrim talabalarning o‘qishdan chetlatilishi bir yildan uch yilgacha davom etadi. Chetlatilganlar universitetga qaytishi uchun rasmiy kechirim xati topshirishi talab qilinmoqda.

 

Sanksiyalar asosan Butiler kutubxonasini egallab, Falastinlik yozuvchi Bazeel al-Arajga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazgan talabalar guruhi a’zolariga nisbatan joriy etilgan. Namoyishchilarni tarqatish uchun universitet rahbariyati Nyu-York politsiyasini chaqirgan, natijada 78 kishi hibsga olingan, to‘rt nafar talaba bosh miya chayqalishi tashxisi bilan kasalxonaga yotqizilgan.

 

Talabalar harakati vakillari hisoblangan Columbia University Apartheid Divest (CUAD) tashkiloti bu holatni universitet tarixida bitta siyosiy norozilik harakati uchun qo‘llanilgan eng keng ko‘lamli jazo sifatida baholagan. Ularning iddaosiga ko‘ra, bunday keskin choralarga universitet va AQShdagi Tramp ma’muriyati o‘rtasida, ilgari to‘xtatilgan 400 million dollarlik federal mablag‘ni tiklash yuzasidan olib borilgan muzokaralar sabab bo‘lgan.

 

Barcha bosimlarga qaramay, talabalar Falastin masalasidagi faolliklarini davom ettirish niyatida ekanliklarini ma’lum qilgan.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

Kolumbiya universiteti Falastinni qo‘llagan talabalarni o‘qishdan chetlatdi | Zamon.uz