Ramzan Qodirov Turkiyada shifoxonaga yotqizildi
U kurortda dam olayotgan vaqtida sog‘lig‘i yomonlashgan.

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov 24 iyul kuni Egey dengizi sohilidagi Bodrum kurortida dam olayotgan vaqtida o‘zini yomon his qilgan va cho‘kib ketishiga sal qolgan. Uni suvdan olib chiqishgan, birinchi yordam ko‘rsatishgan va tez yordam mashinasida shifoxonaga olib ketishgan. Bu haqida turk ommaviy axborot vositalari xabar bermoqda.
Checheniston rasmiylari turk matbuotida chiqqan bu xabarlarga hozircha izoh bergani yo‘q.
Maʼlumot uchun, 2019 yil yanvar oyida Qodirovda oshqozon osti bezining nekrozi aniqlangan, 2022 yil bahoridan boshlab esa uning ahvoli yomonlashgan. Rossiya prezident maʼmuriyati 2023 yil sentyabridan boshlab Chechenistonda hokimiyat almashinuvi ssenariysini ishlab chiqmoqda, chunki 48 yoshli Qodirovning sog‘lig‘i tobora yomonlashib bormoqda.







