Jahon

Turkiyada o'rmon yong‘inlari kuchaymoqda: ikki viloyat tabiiy ofat zonasi deb e’lon qilindi

120 ta tuman aholisi evakuatsiya qilindi, 12 ming qutqaruvchi safarbar etilgan.

Turkiyada o'rmon yong‘inlari kuchaymoqda: ikki viloyat tabiiy ofat zonasi deb e’lon qilindi

Turkiyaning O‘rtayer dengizi sohillarida joylashgan hududlarda yangi o‘rmon yong‘inlari yuzaga kelgani ortidan mamlakat hukumati Izmir va Bilejik viloyatlarini tabiiy ofat zonasi deb e’lon qildi. Bu haqda Turkiya Ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya rasmiy bayonot bergan.

 

Yong‘inlar Oqsuv shahri markazi va unga tutash hududlarda keng miqyosda tarqalgan. Aholi xavfsizligini ta’minlash maqsadida ko‘plab uylar bo‘shatilib, fuqarolar evakuatsiya qilingan. Kuchli shamol natijasida alangalar qirg‘oqbo‘yi hududlariga ham tarqalib, asosiy avtomobil yo‘llari vaqtincha yopilgan.

 

Manavgat shahrida ham uylar va infratuzilma xavf ostida qolgan. Yong‘inlarni bartaraf etish ishlariga o‘t o‘chiruvchilar bilan bir qatorda, mahalliy aholi, politsiya suv purkagichlari, shahar kommunal xizmatlari, shuningdek, vertolyotlar va samolyotlar jalb etilgan. Yong‘inga qarshi harakatlar havo va quruqlikdan muvofiqlashtirilgan tarzda olib borilmoqda.

 

Vazir Yerlikayaning ta’kidlashicha, 27-iyundan 24-iyulga qadar mamlakat bo‘ylab 120 ta tuman yong‘in xavfi sabab evakuatsiya qilingan. Bu davr mobaynida 12 mingdan ortiq qutqaruvchi o‘rmon yong‘inlariga qarshi kurashgan.

 

Bir oy davom etgan yong‘inlar oqibatida 311 ta uy butunlay vayron bo‘lgan yoki jiddiy zarar ko‘rgan. Uysiz qolgan fuqarolar uchun g‘arbiy viloyatlarda 85 ta vaqtinchalik boshpana tashkil etilgan.

 

Ichki ishlar vazirligi tabiiy ofat zonasida yong‘inlar to‘liq bartaraf etilgunga qadar favqulodda holatga yaqin darajada xavfsizlik choralarini kuchaytirganini bildirgan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.