Jahon

Afrikaliklar xayriya ishlariga yevropaliklarga qaraganda 2,5 baravar ko'proq saxiylik qiladilar

Yaponiya esa eng ziqna davlat sifatida qayd etildi.

Afrikaliklar xayriya ishlariga yevropaliklarga qaraganda 2,5 baravar ko'proq saxiylik qiladilar

Britaniyaning "Charities Aid Foundation" tashkiloti tomonidan tayyorlangan 2024-yilgi “Jahon xayriya hisoboti”ga ko‘ra, afrikaliklar saxovat bobida boshqa mintaqalardan sezilarli darajada ilgarilab ketgan.

 

Hisobot 101 ta davlatda 50 mingdan ortiq respondentlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov natijalariga asoslangan. Ma’lum qilinishicha, jahon bo‘yicha odamlarning o‘rtacha 64 foizi xayriya ishlariga hissa qo‘shadi. Ushbu ko‘rsatkich Afrikada 72 foiz, Osiyoda 69 foiz, Yevropada esa 59 foizni tashkil qilgan. Shimoliy Amerikada esa bu ko‘rsatkich 56 foiz atrofida.

 

Xayriyaga sarflanadigan daromad ulushi bo‘yicha ham Afrika yetakchilik qilmoqda. Mintaqa aholisi o‘rtacha daromadlarining 1,54 foizini xayriya ishlariga ajratadi. Bu Yevropa ko‘rsatkichidan qariyb 2,5 baravar yuqori — Yevropada bu raqam atigi 0,64 foizni tashkil qilgan. Germaniyada esa eng past natijalardan biri qayd etilgan — bor-yo‘g‘i 0,39 foiz.

 

Eng saxovatli davlat sifatida Nigeriya ajralib turibdi: mamlakat aholisi o‘rtacha daromadining 2,83 foizini xayriya, diniy xarajatlar yoki bevosita yordam uchun sarflaydi. Eng past ko‘rsatkich Yaponiya hissasiga to‘g‘ri keldi — atigi 0,16 foiz.

 

Mazkur hisobot xalqaro donorlik madaniyatini tahlil qilishda muhim manba sifatida e’tirof etilmoqda.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.