Jahon

AQShda IT mutaxassisi to'g'ridan-to'g'ri qamoqxonadan yollangan

Ish beruvchi dasturchi qamoqda ekanini bilmasdan unga to‘liq stavkali ish taklifini bergan.

AQShda IT mutaxassisi to'g'ridan-to'g'ri qamoqxonadan yollangan

AQShda giyohvand moddalar savdosi uchun 11 yillik qamoq jazosini o‘tayotgan Preston Torp ismli mahkum dasturchilik sohasidagi yuqori salohiyati tufayli venchur startapga ishga qabul qilindi.

 

Torp dastlab Turso kompaniyasi tomonidan boshqarilayotgan ochiq manbali loyihalarda masofadan turib olti oy davomida ishlagan. Uning ish sifati startap asoschisi va bosh direktori Kosta Glauber e’tiborini tortdi. Glauber Torpga to‘liq stavkali ish taklif qilganidan so‘nggina uning hanuz jazoni o‘tayotgan mahkum ekanligini aniqlagan.

 

Bu Preston Torp faoliyat yuritgan ilk texnologik loyiha emas. U bundan oldin Unlocked Labs bilan hamkorlik qilgan va Meyn shtatidagi “Meyn pilot dasturi” orqali qamoqxonalarda ta’lim va masofaviy ish imkonini yaratishga hissa qo‘shgan.

 

Dasturchi sifatidagi yo‘lini u aynan qamoqda boshlab, dasturlashni o‘rganishga kirishgan. Pandemiyadan keyin Mauntin-Vyu qamoqxonasiga ko‘chirilgan Torp onlayn kollejda o‘qishni boshlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘zgargan muhit unga yangi yo‘l ochgan va “hammasi tugagan emasligini” anglatgan.

 

Meyn shtatidagi jazoni o‘tayotgan ijobiy xulqli mahkumlar “Ishlab topilgan mehnat birligi” deb nomlangan sektorda yashab, ishlab, ma’lum daromad oladi. Ular ish haqining 10 foizini davlatga to‘lab, qolgan qismi orqali sud xarajatlari va qarzlarini qoplash imkoniga ega.

 

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Meyn Qo‘shma Shtatlardagi eng past takroriy jinoyatchilik ko‘rsatkichiga ega shtatlardan biridir. Jumladan, kollej tahsilini olgan mahkumlar orasida jinoyatga qaytish darajasi deyarli nolga teng ekani qayd etilgan.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.