Hindistonda ibodatxonada yuzaga kelgan tiqilinch oqibatida sakkiz kishi halok bo‘ldi
Uttarakxand shtatida ziyoratchilar ibodatxonaga ko‘tarilayotgan vaqtda elektr simi qulab tushgan.

26-iyul kuni Hindistonning Uttarakxand shtatida joylashgan Haridvar shahrida ibodatxonasiga kirish vaqtida yuzaga kelgan tartibsizlik fojia bilan yakun topdi. Mahalliy rasmiylarga ko‘ra, tepalikda joylashgan ibodatxonaga ko‘tarilayotgan minglab ziyoratchilar orasida tor zinapoya bo‘ylab harakat paytida to‘planish va vahima yuzaga kelgan.
Voqeaga guvohlarning aytishicha, odamlarning betartib harakatlanishiga elektr simining tushib ketgani sabab bo‘lgan. Bu holat omma orasida vahimani kuchaytirib, yuzlab odamlar bir yo‘la zinapoyadan tushishga uringan. Tiqilinch oqibatida 8 nafar fuqaro halok bo‘lgan, 34 nafar shaxs tan jarohati olgan.
Shahar sog‘liqni saqlash muassasalari jabrlanganlarga shoshilinch tibbiy xizmat ko‘rsatmoqda. Ba’zi fuqarolarning ahvoli og‘ir ekani ma’lum qilingan.
Hududga politsiya, tez tibbiy yordam va qutqaruv xizmatlari jalb etilgan. Mahalliy politsiya tergov ishlarini boshlaganini ma’lum qildi. Rasmiylar ibodatxona hududidagi xavfsizlik choralarini qayta ko‘rib chiqishni rejalashtirmoqda.








