Tramp Tailand va Kambodja o‘rtasidagi mojaroga aralashdi
U ikki davlat o‘rtasidagi keskinlik Hindiston-Pokiston ziddiyatiga o‘xshashligini ta’kidladi.

AQSh prezidenti Donald Tramp Janubiy-Sharqiy Osiyoda kuchaygan harbiy keskinlik bo‘yicha bayonot berdi. U Tailand va Kambodja o‘rtasidagi ziddiyatni tinch yo‘l bilan hal qilishga tayyorligini ma’lum qildi.
Bu haqda Tramp o‘zining “Truth Social” ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozdi.
Ma’lum qilinishicha, AQSh rahbari Kambodja bosh vaziri Xun Sen va Tailand bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Phumtam Vechaychay bilan telefon orqali muloqot o‘tkazgan. Ular bilan bo‘lgan suhbatda Tramp AQShning ikki davlat bilan olib borayotgan savdo muzokaralariga urush salbiy ta’sir ko‘rsatishini alohida ta’kidlagan.
"Biz tariflar bo‘yicha savdo bitimlari bo‘yicha muzokaralar olib bormoqdamiz, ammo urush davom etsa, biz hech qanday shartnoma imzolamaymiz. Buni men ularga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aytdim", — deya bayonot bergan Tramp.
Uning so‘zlariga ko‘ra, telefon suhbati yakunida har ikki tomon harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyorligini bildirgan. Tramp, shuningdek, mazkur mojaro Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi keskinlikni eslatishini ham qayd etdi.







