Jahon

Kuala-Lumpurda Tailand va Kambodja o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar boshlandi

Muzokaralarga Malayziya bosh vaziri vositachilik qiladi.

Kuala-Lumpurda Tailand va Kambodja o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar boshlandi

Bugun, 28-iyul kuni Tailand va Kambodja Malayziyada qurolli to‘qnashuvlarni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralarni boshlashga kelishib oldi. Bu haqda Malayziya tashqi ishlar vaziri Muhammad Hasan bayonot bergan.

 

Muzokaralarga kelishilganiga qaramay, Tailand hukumati Kambodja yirik harbiy operatsiyani rejalashtirayotganini ma’lum qildi. Rasmiy bayonotda kambodjalik harbiylarning harakatlari tartibsiz ekani va harbiy urush qoidalarini buzishi mumkinligi qayd etilgan. Shu bilan birga, tomonlar o‘zaro o‘t ochishni to‘xtatishga tayyorlanayotgani bildirildi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, 24-iyul kuni boshlangan qurolli to‘qnashuvlarda kamida 33 nafar harbiy va tinch aholi halok bo‘lgan. Minglab odamlar o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘ldi. 27-iyul kuni Tailand delegatsiyasiga bosh vazir vazifasini bajaruvchi Pxumtam Vechayachay, Kambodja tomoni esa bosh vazir Xum Manet boshchilik qilishi kutilmoqda.

 

Mojaroga Tailand tomonidan Kambodja hududiga dron razvedkasi va aviazarbalar berilgani, Kambodja tomonidan esa “mudofaa choralari” sabab sifatida keltirilmoqda. Ikki davlat o‘rtasidagi yillar davom etayotgan chegara nizosi ayniqsa Preaxvixea ibodatxonasi atrofidagi hududlar ustidan da’volar tufayli avj olgan. 2008-yilda ushbu ibodatxona UNESCO merosi ro‘yxatiga kiritilgach, mojaro yana keskinlashgan edi.

custom img

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytiradi: Alisher Usmonov ro‘yxatdan chiqariladi

Qaror Latviya avvalgi e’tirozidan voz kechib, ovoz berishda betaraf qolganidan so‘ng ma’qullangan.

custom img

“Kelishuv bo‘lmasa, Eronni yo‘q qilamiz”: Tramp BMTda Eron haqida gapirdi

Donald Tramp boshqa davlatlarni Tehronni iqtisodiy jihatdan yakkalashga va muzokaraga majburlashga chaqirdi.

custom img

Eronga parvozlar to‘xtatildi: Turkiyaning uchta aviakompaniyasi qaror qabul qildi

Turkiyaning Turkish Airlines, AJet va Pegasus aviakompaniyalari 21-sentyabrdan Eronga va Erondan amalga oshiriladigan reyslarni to‘xtatdi. Bu AQSHning Eron aviatsiya sektoriga nisbatan yangi sanksiyalari kuchga kirishi fonida yuz berdi.

custom img

Maktabdagi otishma: Turkiyada 10 kishi yaralandi

15 yoshli o‘quvchi miltiq bilan maktab oldiga borib, otishma uyushtirgan.

custom img

5 mlrd dollar ajratiladi: AQSH Yaqin Sharq energetikasini tiklashni taklif qildi

Umumiy qiymati 10 mlrd dollarga yetishi mumkin bo‘lgan fond Hurmuz bo‘g‘oziga neft va gaz tashishda qaramlikni kamaytiruvchi infratuzilmani rivojlantirishga ham yo‘naltiriladi.

custom img

Generallar ham qutula olmadi: Xitoyda ikki yuqori martabali harbiy haydaldi

Generallar partiyaga sadoqatsizlik, guruhbozlik, mansab vakolatlarini suiisteʼmol qilish va korrupsiyada ayblangan.

custom img

Yangi cheklov: AQSh Eron aviakompaniyalarining dunyo bo'ylab parvozlarini to'xtatmoqchi

Eron aviakompaniyalariga xizmat ko‘rsatadigan xorijiy aeroport va kompaniyalar AQSh sanksiyalariga duch kelishi hamda dollar tizimidan uzilishi mumkin.

custom img

Italiya maktablarida xorijiy o‘quvchilar soni cheklanadi: burqa va niqob kiyish ham taqiqlanadi

Ayrim xorijlik o‘quvchilarning ota-onalariga italyan tilini o‘rganish majburiyati yuklatilishi mumkin.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"