Suriya Bashar al-Assad ag'darilgandan keyingi ilk sayloviga tayyorgarlik ko‘rmoqda
Saylovlar 15–20-sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Suriya Assaddan keyingi ilk parlament saylovlarini shu yil sentabr oyida o‘tkazadi. Bu haqda mamlakatda saylovlarni tashkil etish bo‘yicha mas’ul organ rahbari ma’lum qildi.
Yuqori xalq majlisi saylovlari bo‘yicha qo‘mitaning raisi Muhammad Toha al-Ahmadning aytishicha, saylovlar 15–20 sentabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Bu Suriya sobiq prezidenti Bashar al-Assad dekabr oyida isyonchilar hujumi oqibatida hokimiyatdan ag‘darilganidan keyin o‘tkaziladigan ilk saylovdir.
210 deputatlik o‘rinlarining uchdan bir qismini muvaqqat prezident Ahmad al-Sharaa tayinlaydi, qolgan o‘rinlar uchun esa fuqarolar ovoz beradi. Har bir viloyatda saylovchilar kollegiyasi tashkil etiladi.
Mart oyida Ahmad al-Sharaa tomonidan imzolangan vaqtinchalik konstitutsiyaga ko‘ra, “Xalq qo‘mitasi” parlament vazifasini bajaradi. Doimiy konstitutsiya ishlab chiqilishi va umumxalq saylovlari o‘tkazilishigacha ushbu tizim amalda bo‘ladi.
Saylovlar e’lon qilingandan beri mamlakatda siyosiy va diniy tarqoqlik kuchaymoqda. Shu oy boshida Sweida viloyatida yuz bergan sektaaro to‘qnashuvlarda yuzlab odamlar halok bo‘ldi. Hozircha muvaqqat hukumat xalqning ishonchini qozona olmagan. Isroil esa Druze ozchiligini himoya qilish maqsadida hukumat kuchlariga va Mudofaa vazirligi shtab-kvartirasiga aviazarba berganini ma’lum qilgan.







