Jahon

Eron Tehronni vaqtincha yopishga tayyorlanmoqda - suv tanqisligi yirik inqirozga aylandi

Hukumat noan’anaviy choralarni, jumladan ish haftasini qisqartirish va masofaviy ishlashga o‘tishni taklif qilmoqda.

Eron Tehronni vaqtincha yopishga tayyorlanmoqda - suv tanqisligi yirik inqirozga aylandi

Eron hukumati mamlakatda yuzaga kelgan jiddiy suv tanqisligi sababli poytaxt Tehronni bir haftaga yopish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Rasmiylarning ta’kidlashicha, suv resurslarining keskin kamayishi oqibatida davlat muassasalari, ta’lim maskanlari va boshqa tashkilotlar vaqtincha faoliyatini to‘xtatishi mumkin.

 

Hukumat matbuot kotibi Fotima Mohajironiy ushbu vaziyatni “milliy muammo” deb atab, u insonparvarlik va iqtisodiy inqirozga olib kelishi mumkinligini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, vaziyat shu darajada keskinki, poytaxtni boshqa shaharga ko‘chirish masalasi ham muhokama qilinmoqda.

 

Mahalliy nashrlarning xabar berishicha, hukumat suv va elektr energiyasini tejash maqsadida ish haftasini to‘rt kunga qisqartirish va imkon qadar masofaviy ishlash tizimini joriy etishni taklif qilmoqda.

 

Mutaxassislar ma’lumotiga ko‘ra, Eron suv havzalarining 80 foizdan ortig‘i qurib ketgan yoki deyarli qurib bo‘lgan. Poytaxt Tehronni suv bilan ta’minlab kelgan Jajrud daryosi mart oyidayoq deyarli to‘liq qurib qolgan. Yaqin ikki oy ichida barqaror suv ta’minoti tiklanishi kutilmayapti.

 

O‘tgan haftada Tehron va yana 50 dan ortiq shaharda suv ta’minoti cheklab qo‘yildi. Aholi soatlab, ba’zida esa kunlab suvdan uzilgan holatda qolmoqda. Bu esa ko‘plab fuqarolarning shimoldagi Kaspiy dengizi yaqinidagi hududlarga ko‘chib o‘tishiga sabab bo‘lgan.

 

Prezident Mas’ud Pezeshkianning poytaxtni boshqa shaharga ko‘chirish ehtimolini istisno etmagan bayonoti vaziyatning naqadar og‘irligini ko‘rsatmoqda. Mutaxassislar inqirozni uzoq yillar davomida ekologik muammolarga e’tibor qaratilmagani va resurslar infratuzilma o‘rniga boshqa siyosiy yo‘nalishlarga yo‘naltirilgani bilan izohlamoqda.

custom img

Singapur oilalarga har bir farzand uchun 55 ming dollardan ortiq yordam beradi

Mamlakat tug‘ilish darajasini oshirish maqsadida oilalarni qo‘llab-quvvatlash choralarini kengaytirmoqda.

custom img

AQSh 200 minggacha vizalarni bekor qilishi mumkin

Viza bekor qilinishi uning egasi darhol AQShdan deportatsiya qilinishini anglatmaydi.

custom img

AQSh Suriyani terrorizmni qo‘llab-quvvatlovchi davlatlar ro‘yxatidan chiqardi

Endi ro‘yxatda Kuba, Eron va Shimoliy Koreya qolmoqda.

custom img

Eronda Trampning o‘g‘lini o‘ldirganlik uchun 10 mln dollar mukofot va’da qilindi

Eron televideniyesi Barron Trampning ehtimoliy manzillari va universitetga borish yo‘nalishi ko‘rsatilgan lavhani e’lon qildi.

custom img

Eron kelgusi 50 yillik tahdidlarga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Mudofaa vazirligi mamlakatga kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavfsizlik tahdidlarini o‘rganib, mudofaa siyosatining uzoq muddatli yo‘nalishlarini belgiladi.

custom img

“Urush davom etayotgan paytda saylov o‘tkazish Ukrainani parchalab yuboradi” – Zelenskiy

Ukraina prezidenti mamlakatda saylov o‘tkazish masalasini muhokama qilishdan avval urush sharoitidagi xavfsizlik muammolari va jamiyatdagi ehtimoliy bo‘linishlarni hisobga olish zarurligini ta’kidlagan.

custom img

Rossiyada ikki Tojikiston fuqarosi ayollar kiyimida yurgani uchun deportatsiya qilinadi

Shuningdek, ularga nisbatan 10 sutkalik ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

custom img

Eron “Makka kelishuvi”ga qo‘shilish taklifini oldi

Tehron mintaqada umumiy “xavfsizlik soyaboni” yaratilishini ijobiy baholamoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"