Jahon

JSST: Chikungunya virusi 119 mamlakatda tarqaldi, milliardlab odam xavf ostida

Kasallik chivin chaqishi orqali yuqadi va hali unga qarshi vaksina mavjud emas.

JSST: Chikungunya virusi 119 mamlakatda tarqaldi, milliardlab odam xavf ostida

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) tomonidan berilgan rasmiy ogohlantirishga ko‘ra, chikungunya virusi global sog‘liqni saqlash tizimi uchun tobora jiddiy xavfga aylanmoqda. Mutaxassislar ushbu virus hozirda 119 ta mamlakatda aniqlanganini va taxminan 5,6 milliard aholining salomatligiga tahdid solayotganini ma’lum qilgan.

 

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, virus Hind okeanidagi orollar va Afrika qit’asining sharqiy sohili bo‘ylab keng tarqalmoqda. Xususan, Madagaskar, Somali va Keniya kabi davlatlarda kasallik holatlari ortib bormoqda.

 

Yevropada esa chikungunya virusi bilan bog‘liq holatlar avvalambor import orqali aniqlanmoqda. Fransiyada virusning mahalliy yuqishi tasdiqlangan, Italiyada esa shubhali holatlar qayd etilgan.

 

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, virus tez tarqaluvchi xususiyatga ega bo‘lib, unga qarshi vaksinasi hali mavjud emas. Kasallik odatda chivin chaqishi orqali yuqadi va balg‘amli isitma, bo‘g‘imlardagi og‘riq, holsizlik kabi alomatlar bilan namoyon bo‘ladi.

 

JSST fuqarolarni hushyor bo‘lishga, tropik hududlarga sayohat qilayotganda himoya choralarini ko‘rishga va chivinlarga qarshi profilaktika vositalaridan foydalanishga chaqirmoqda.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

JSST: Chikungunya virusi 119 mamlakatda tarqaldi, milliardlab odam xavf ostida | Zamon.uz