Jahon

Pekin suv ostida qoldi

Yomg‘ir va ko‘chkilar natijasida 30 kishi halok bo‘ldi, yuzlab aholi evakuatsiya qilinmoqda.

Pekin suv ostida qoldi

Pekin va unga tutash hududlarda yog‘gan kuchli yomg‘irlar va suv toshqinlari natijasida kamida 30 kishi halok bo‘ldi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, faqatgina Miyun tumanida 28, Yanchinda 2 nafar fuqaro hayotdan ko‘z yumgan. Xebey provinsiyasida esa ko‘chkilar sabab 4 kishi vafot etgan, 8 nafari bedarak yo‘qolgan.

 

Tabiiy ofat ortidan 80 mingdan ortiq aholi xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilindi. 28-iyul kuni Pekinda yog‘ingarchilik 543 millimetrgacha yetib, rekord darajaga chiqdi. 136 ta qishloq elektr ta’minotisiz qolgan. Pekin rahbariyati eng yuqori darajadagi ogohlantirishni e’lon qildi va odamlarni uydan chiqmaslikka chaqirdi.

 

Xitoy rahbari Si Szinpin barcha qutqaruv kuchlarini safarbar qilishni buyurdi, Bosh vazir Li Syan esa Miyun tumanidagi talafotlarni jiddiy deb baholadi. Tayshitun shaharchasida suv ko‘chalarni to‘ldirib yuborgan, elektr ustunlari ag‘darilgan. “Hammasi bir zumda sodir bo‘ldi”, — dedi voqeaga guvoh bo‘lgan do‘kon egasi.

 

Mutaxassislar fikricha, kuchli yog‘ingarchilik va suv toshqinlarining ortib borishi global iqlim o‘zgarishining oqibati. Pekinda oxirgi yillarda bu kabi tabiiy ofatlar takroran yuz bermoqda. 2023-yildagi suv toshqinlarida ham katta zarar ko‘rilgan, minglab odam evakuatsiya qilingan edi.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Pekin suv ostida qoldi | Zamon.uz