Jahon

Rossiyada migrantlarga taksichilik qilish taqiqlandi

Yangi qarorga ko‘ra, chet elliklar patent asosida taksi xizmatlarida ishlay olmaydi.

Rossiyada migrantlarga taksichilik qilish taqiqlandi

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri rahbariyati patent asosida ishlayotgan muhojirlarga taksi xizmatlarida faoliyat yuritishni taqiqladi. Gubernator Aleksandr Beglov tomonidan imzolangan hujjatga ko‘ra, ushbu cheklov 2025-yil oxirigacha amal qiladi va 10 kundan keyin kuchga kiradi.

 

Qarorga muvofiq, ish beruvchilarga o‘z haydovchilar tarkibini qayta ko‘rib chiqish uchun uch oylik o‘tish davri berilgan. Bu vaqt ichida kompaniyalar muhojir haydovchilarni ishdan bo‘shatishi va ularning o‘rniga Rossiya fuqarolarini ishga qabul qilishi kerak bo‘ladi.

 

Rasmiylarga ko‘ra, mazkur chora taksi xizmatlari sifatini va xavfsizligini oshirish bilan birga, mahalliy aholiga qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratadi. Biroq iyul oyida shahar parlamenti spikeri Aleksandr Belskiy bunday qarorlar “kollaps”ga olib kelishi mumkinligini ta’kidlagan edi.

 

Eslatib o‘tamiz, 2025-yil boshida Rossiyaning 49 mintaqasida, jumladan, anneksiya qilingan hududlarda muhojirlar faoliyatiga cheklovlar kiritilgan edi. Bu chora-tadbirlar 2024-yil mart oyida Crocus City Hall’dagi teraktdan keyin kuchaytirildi. O‘zbekiston va Tojikistondan kelgan ishchilar asosiy ta’sir ko‘rgan guruh bo‘lib qolmoqda.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Rossiyada migrantlarga taksichilik qilish taqiqlandi | Zamon.uz