Yevropa Ittifoqi Ukrainaga moliyaviy yordam ko‘rsatishni to‘xtatdi
Bunga Ukraina korrupsiyaga qarshi muassasalari bilan bog‘liq muammolar sabab bo‘ldi.

Yevropa Ittifoqi Ukraina Milliy aksilkorrupsiya byurosi (NABU) va Korruptsiyaga qarshi ixtisoslashtirilgan prokuratura (SAP) atrofidagi vaziyat sababli Kiyevga ajratilishi rejalashtirilgan moliyaviy yordamni vaqtincha to‘xtatdi.
Bu haqda “Ekonomichna pravda” nashri manbaga tayanib xabar berdi. Nashrda keltirilishicha, Yevropa tomoni holat ijobiy tomonga o‘zgarmaguncha moliyaviy ko‘makni muzlatishga qaror qilgan.
Ta’kidlanishicha, bu qaror ikki yirik dastur doirasidagi mablag‘larni qamrab oladi: Muzlatilgan Rossiya aktivlaridan foydalanishga asoslangan ERA dasturi doirasida 17,2 milliard yevro va “Ukraina Facility” dasturi doirasida 12,5 milliard yevro miqdoridagi yordam vaqtincha to‘xtatilgan.
Yevropa Ittifoqi vakillari Kiyevdan korrupsiyaga qarshi kurashishda aniq va samarali choralarni kutmoqda. Moliyaviy yordamning tiklanishi Ukraina korrupsiyaga qarshi muassasalari faoliyatining isloh qilinishiga bog‘liq bo‘ladi.







