Jahon

16 yoshgacha bo‘lganlarga YouTube akkaunti yaratish taqiqlandi

Qaror bolalarni internetdagi zararli kontentdan himoya qilish maqsadida qabul qilingan.

16 yoshgacha bo‘lganlarga YouTube akkaunti yaratish taqiqlandi

Avstraliya hukumati tomonidan qabul qilingan yangi qarorga muvofiq, 2025-yil 10-dekabrdan boshlab 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun YouTube akkaunti yaratish taqiqlanadi. Bu orqali mamlakat ijtimoiy tarmoqlarga kirish bo‘yicha yosh cheklovlarini kuchaytirgan dunyodagi ilk davlatlardan biri bo‘lmoqda.

 

Mazkur qaror mamlakat internet xavfsizligi regulyatori tomonidan ilgari surilgan tavsiyalar asosida qabul qilindi. Avvalroq ushbu taqiq faqat TikTok, Instagram, Facebook, X (sobiq Twitter) va Snapchat kabi platformalarga nisbatan amal qilgan edi.

 

Avstraliya bosh vaziri Entoni Albaneze bu tashabbusni quyidagicha izohladi: “Ijtimoiy tarmoqlarning salbiy ta’sirini bilamiz. Hukumatingiz yosh avstraliyaliklarni himoya qilish borasida qat’iy chora ko‘rishga bel bog‘lagan.”

 

Tadqiqotlarga ko‘ra, 10–15 yosh orasidagi bolalarning katta qismi aynan YouTube’dan faol foydalanmoqda. E-Xavfsizlik komissari Juli Inman Grant o‘tkazgan so‘rov natijalariga ko‘ra, bolalarning 37 foizi zararli kontentni aynan ushbu platformada ko‘rganini bildirgan.

 

YouTube esa o‘zining ijtimoiy tarmoq emasligini ta’kidlab, bu qarorga ehtiyotkorona yondashmoqda. Kompaniya bayonotida platforma “bepul va sifatli kontent kutubxonasi” ekani va ta’lim hamda sog‘liqni saqlash kabi ijtimoiy sohalarga foyda keltirishi qayd etilgan.

 

Shunga qaramay, yangi tartibga ko‘ra, 16 yoshgacha bo‘lgan foydalanuvchilar akkaunt ocholmaydi, biroq platformaga cheklangan tarzda kirishlari mumkin bo‘ladi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

16 yoshgacha bo‘lganlarga YouTube akkaunti yaratish taqiqlandi | Zamon.uz