Eron shaharlarida suv va elektr taqchilligi noroziliklarga sabab bo‘ldi
Namoyishlar “Suv, yorug‘lik, hayot – bu bizning huquqimiz!” shiori ostida o‘tmoqda.

Eronning Tehron, Tabriz, Xuziston va Bushehr kabi yirik shaharlarida fuqarolar ichimlik suvi hamda elektr energiyasi ta’minotidagi uzilishlar sababli norozilik namoyishlariga chiqdi. Namoyishchilar “Suv, yorug‘lik, hayot – bu bizning huquqimiz!” degan shior ostida ko‘chalarda to‘plandi.
Mahalliy manbalarga ko‘ra, yozning jazirama kunlarida uzluksiz xizmatlardan foydalanish imkoniyati cheklangani aholining keskin noroziligiga sabab bo‘lmoqda. Ayrim hududlarda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan namoyishchilarga nisbatan kuch ishlatilgani haqida ham xabarlar bor.
Mutaxassislar fikricha, mavjud inqiroz mamlakatdagi ijtimoiy vaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.







