Kamchatkada 8,7 magnitudali zilzila yuz berdi
Bir nechta hududda sunami xavfi eʼlon qilingan.

Rossiyaning Kamchatka yarimorolida 8,7 magnitudali zilzila yuz berdi, deya xabar bermoqda mahalliy nashrlar.
Qayd etilishicha, bu 1952 yildan beri mintaqadagi eng kuchli zilzila hisoblanadi. Ijtimoiy tarmoqlarda dahshatli videolar tarqalmoqda.
Kamchatka, Kuril orollari, Yaponiyaning deyarli butun sharqiy qirg‘oqlari, Alyaska hamda Amerikaning Kaliforniya va Oregon shtatlari uchun sunami xavfi eʼlon qilindi.
Sunamining birinchi to‘lqini allaqachon Shimoliy-Kurilsk qirg‘oq zonasiga yetib borgan, baʼzi joylarda aholi punkti va baliqchilik korxonasini suv bosgan. Mahalliy aholi evakuatsiya qilingan.







