Jahon

Terror tahdidi sababli Hindiston-Pokiston suv kelishuvi to‘xtatildi

“Sindx” operatsiyasi ortidan Dehli Pokistonga suv bitimi bo‘yicha qat’iy shart qo‘ydi.

Terror tahdidi sababli Hindiston-Pokiston suv kelishuvi to‘xtatildi

Hindiston Tashqi ishlar vaziri Subramaniam Jayshankarning parlamentda bergan bayonotiga ko‘ra, mamlakat Pokiston Hind daryosi suvlariga oid kelishuvni tiklashini terrorizmga barham berilishi bilan bog‘lamoqda.

 

Jayshankar Hindiston parlamentining yuqori palatasida “Sindx” harbiy operatsiyasi yuzasidan bo‘lib o‘tgan muhokamalarda so‘zga chiqib, Hind daryosi bo‘yicha 1960-yilda imzolangan bitim “do‘stona niyatlar asosida tuzilganini”, ammo bu hujjatning ruhiga yillar davomida zarar yetkazilganini ta’kidladi.

 

Unga ko‘ra, Pokiston Hind daryosi, shuningdek uning irmoqlari Chenab va Jelum ustidan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan. Ammo Hindiston 22-aprel kuni Jammu va Kashmirdagi terakt ortidan bitimni to‘xtatganini bildirgan. Rasmiy Nyu-Dehlining ma’lum qilishicha, 26 kishining hayotiga zomin bo‘lgan hujum ortida transchegaraviy terrorizm alomatlari aniqlangan.

 

Shundan so‘ng, 7-may kuni Hindiston armiyasi “Sindx” nomli harbiy operatsiyani boshladi va Pokiston hududidagi nishonlarga zarba berdi. Pokiston bunga javoban harbiy chora ko‘rdi. 10-mayda tomonlar o‘t ochishni to‘xtatish borasida kelishuvga erishgan, ammo Hindiston hali operatsiya tugamaganini bildirgan.

 

Jayshankar bayonotida shunday dedi: “Hind daryosi bo‘yicha kelishuv tiklanishi uchun Pokiston terrorizmni qo‘llab-quvvatlamasligini amalda isbotlashi kerak”.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Terror tahdidi sababli Hindiston-Pokiston suv kelishuvi to‘xtatildi | Zamon.uz