Yevropaliklar NATO va YEI rahbarlarini tanimaydimi?
Bu bo‘yicha 7 ta davlatda so‘rovnoma o‘tkazildi.

Xalqaro yevropa Harakati (EMI) tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, yevropaliklarning 40 foizdan ortig‘i NATO Bosh kotibi Mark Rutte va Yevropa diplomatiyasi rahbari Kaja Kallas kabi siyosatchilarni bilmaydi.
Qayd etilishicha, yevropaliklarning 48 foizi Yevrokomissiya (EK) rahbari Ursula fon der Leyenning faoliyatidan yaxshi xabardor, yana 23 foizi u haqida kam eshitgan. Shu bilan birga, ko‘plab yetakchi siyosatchilar ko‘pchilik uchun deyarli notanish bo‘lib qolmoqda: respondentlarning 41 foizi Ryutte, 45 foizi Yevropa parlamenti prezidenti Robert Metsola va 48 foizi Kallas haqida hech qachon eshitmagan.
So‘rov natijalariga ko‘ra, respondentlarning atigi 21 foizi Rutte, 18 foizi Metsola va 14 foizi Kallas bilan to‘liq tanish ekanligini aytgan. Yevropa Ittifoqining yirik siyosiy arboblari orasida eng kam tanilgani Mudofaa bo‘yicha Yevropa komissari Andrius Kubiliusdir - respondentlarning 60 foizi u haqida hech qachon eshitmagan.
Tadqiqot Yevropa Ittifoqining yetti mamlakati: Germaniya, Fransiya, Italiya, Ispaniya, Polsha, Ruminiya va Shvetsiyaning 3,5 ming fuqarosi o‘rtasida o‘tkazildi.
Tadqiqot natijalari 28 iyul kuni Xalqaro Yevropa Harakati rasmiy saytida eʼlon qilingan.







