30 yil avval muzlatilgan embriondan chaqaloq tug‘ildi
Yangi tug‘ilgan chaqaloq “eng katta bola” deb nomlandi.

“MIT Technology Review” nashrining yozishicha, Taddeus Daniyel Pirs ismli chaqaloq shu yilning 26-iyul kuni tug‘ilgan. Hozirda uning biologik ota-onasidan 30 yoshli singlisi bor.
Yangi tug‘ilgan chaqaloq “eng katta bola” deb nomlandi. 1994-yil o‘z embrionini klinikaga topshirgan 62 yoshli Linda Archerdning so‘zlariga ko‘ra, u o‘z-o‘zidan tug‘a olmagani uchun o‘sha paytdagi yangi EKO texnologiyasidan foydalangan. Shifokorlar uning tuxumidan to‘rtta embrion olishga muvaffaq bo‘lishadi. Ammo eri faqat bitta bolaga rozi bo‘ladi. Ayni shu sabab ayol eri bilan ajrashgan.
Linda boshqa farzand ko‘rish umidini yo‘qotmagani uchun embrionlarni saqlab qolishga qaror qiladi. Uning organizmi endi farzand ko‘ra olmay qolganda, u embrionlarni boshqa juftliklarga berishga qaror qildi. Linda ularni saqlash uchun yiliga ming dollarga yaqin pul to‘lab kelgan.
Ayol sarflagan sarmoyasi bekorga ketmagani xursandligini aytgan.







