Jahon

Kanada va Malta Falastin davlatini tan olishini eʼlon qildi

Kanada Bosh vaziri Mark Karni G‘azo sektoridagi vaziyatni keskin tanqid qildi.

Kanada va Malta Falastin davlatini tan olishini eʼlon qildi

Kanada va Malta rasmiylari Falastin davlatini tan olish rejasini eʼlon qildi. Bu haqda “Euronevs.com” nashri xabar bermoqda.

 

Maʼlum qilinishicha, har ikki davlat joriy yilning sentyabr oyida bo‘lib o‘tadigan BMT Bosh Assambleyasining sessiyasida Falastin davlatini rasman tan olish niyatini bildirgan. Kanada va Malta shu tariqa bu borada avvalroq bayonot bergan Fransiya va Buyuk Britaniya pozitsiyasini qo‘llab-quvvatladi.

 

Kanada Bosh vaziri Mark Karni mamlakat hukumatining pozitsiyasini izohlar ekan, G‘azo sektoridagi insoniy inqirozni qayd etib, xalqaro hamkorlik vositasida mintaqada tinchlik va barqarorlikni taʼminlash zarurligini taʼkidladi.

 

— Kanada uzoq yillardan buyon Isroil bilan yonma-yon, xavfsizlikda yashaydigan, suveren va hayotga qodir Falastin davlatining ikki davlatli yechim asosida shakllanishini qo‘llab-quvvatlab kelmoqda, — dedi u.

 

Bosh vazirning taʼkidlashicha, Kanada Falastinda kuchli demokratik boshqaruvni yo‘lga qo‘yishga, xususan, 2026 yilda o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan, radikal guruhlarni istisno qiluvchi saylovlarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor.

 

Malta Tashqi ishlar vazirligi doimiy kotibi Kristofer Kutajar esa BMTning ikki davlatli yechimga bag‘ishlangan anjumanida so‘z olib, Malta Falastin xalqining o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini hamisha qo‘llab-quvvatlab kelganini eslatdi.

 

— Masʼuliyatli xalqaro hamjamiyat vakillari sifatida biz ikki davlat yechimini nazariyadan amaliyotga o‘tkazish uchun harakat qilishimiz kerak, — dedi u.

 

Isroil Tashqi ishlar vazirligi esa ushbu qarorni tanqid qilib, “Kanada hukumatining ayni damdagi pozitsiyasining o‘zgarishi HAMAS uchun mukofot” ekanini bildirdi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.