Jahon

Qozog‘istonda o‘zbekistonlik fuqaro chegarani buzgani uchun hibsga olindi

U “Jetisu” chegara posti yaqinida Rossiyaga noqonuniy o‘tmoqchi bo‘lgan.

Qozog‘istonda o‘zbekistonlik fuqaro chegarani buzgani uchun hibsga olindi

Joriy yilning iyul oyida O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi Qozog‘iston va Rossiya o‘rtasidagi rasmiy nazorat-o‘tkazish punktlaridan tashqarida, Pavlodar viloyatining Uspenskiy tumanidagi “Jetisu” chegara posti hududida noqonuniy harakat qilganlikda gumonlanib qo‘lga olindi. Bu haqda inbusiness.kz viloyat sudi matbuot xizmatiga tayanib xabar bermoqda.

 

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, fuqaro chegara chizig‘idan 80 metr narida noqonuniy tarzda bo‘lib, Rossiyaga piyoda o‘tmoqchi bo‘lgan. Hibsga olingan paytda u aybiga to‘liq iqror bo‘lgan, holat esa bayonnoma va boshqa ma’muriy ish materiallari bilan tasdiqlangan.

 

Pavlodar viloyati ma’muriy sudi fuqaro T.ni Qozog‘iston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 514-moddasi 1-qismi (“Chet elliklar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning Qozog‘iston Respublikasida bo‘lish qoidalarini buzishi”) bo‘yicha aybdor deb topdi. Sud qaroriga ko‘ra, unga 9 sutkalik hibs jazosi tayinlandi.

 

Mazkur ajrim hali qonuniy kuchga kirmagan bo‘lib, belgilangan tartibda apellyatsiya berilishi mumkin.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Qozog‘istonda o‘zbekistonlik fuqaro chegarani buzgani uchun hibsga olindi | Zamon.uz