Kambodja Trampni Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga tavsiya qilmoqda
Rasmiylarning fikrlariga ko‘ra, Tramp ishtirokisiz Kambodja va Tailand kelishuvga erisha olmagan bo‘lardi.

Kambodja hukumati AQSh prezidenti Donald Trampni mintaqaviy mojarolarni hal etishdagi vositachilik faoliyati uchun Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga tavsiya etishga tayyorlanmoqda. Bu haqda mamlakat Bosh vaziri o‘rinbosari Sun Chantol The Wall Street Journal nashriga bergan intervyusida ma’lum qilgan.
Rasmiyning qayd etishicha, Tramp nafaqat Kambodjadagi, balki boshqa mintaqalardagi tinchlik jarayonlariga ham muhim hissa qo‘shgan. Xususan, u ishtirok etmaganida Tailand va Kambodja o‘rtasidagi chegara mojarosi bo‘yicha kelishuvga erishish qiyin bo‘lgan bo‘lardi, deydi Sun Chantol.
Ma’lumot uchun, 24-iyulga o‘tar kechasi ikki davlat harbiylari o‘rtasida bahsli hududda otishma sodir bo‘lgan, Tailand harbiy-havo kuchlari esa keyinchalik o‘z hududidagi nishonlarga zarba bergan.







