Jahon

Rossiyalik erkak 418 marta klinik o'limni boshdan kechirdi

Yurak ritmini kuzatuvchi qurilma bemorning hayotini yuzlab marotaba saqlab qolgan.

Rossiyalik erkak 418 marta klinik o'limni boshdan kechirdi

Rossiyaning Perm o‘lkasida yashovchi 53 yoshli Yaroslav ismli fuqaro 418 marta klinik o‘lim holatini boshdan kechirdi. Har bir holatda yuragiga o‘rnatilgan kardioverter-defibrilator qurilmasi uning hayotini saqlab qoldi. Bu haqda Komsomolskaya Pravda nashriga xabar berdi.

 

Yaroslavda 2019-yilda yurak tutilishidan so‘ng qorincha taxikardiyasi rivojlangan. 2025-yilning mart oyida unga yurak urish ritmini kuzatib boruvchi va kerak bo‘lganda elektr impulsi orqali yurakni ishga tushiruvchi maxsus qurilma – kardioverter-defibrilator o‘rnatilgan.

 

Mazkur qurilma odatda besh yil davomida xizmat qiladi, ammo iyul oyida bemor kasalxonaga yotqizilgan va qurilma to‘rt oy ichida energiyasini to‘liq sarflab bo‘lganligi aniqlangan. Sababi — defibrilator ushbu muddat ichida 418 marta klinik o‘lim holatida ishga tushgan va shuningdek, 3 500 marotaba yurak aritmiyasini aniqlagan.

 

Shifokorlarning ta’kidlashicha, bu holatlar o‘z vaqtida aniqlanmaganida yoki qurilma ishlamaganida, bemorning hayoti xavf ostida qolgan bo‘lardi. Yaroslavga besh soatlik operatsiya o‘tkazilib, yangi qurilma o‘rnatildi. Hozirda u sog‘lom hayot tarziga moslashmoqda.

custom img

5 mlrd dollar ajratiladi: AQSH Yaqin Sharq energetikasini tiklashni taklif qildi

Umumiy qiymati 10 mlrd dollarga yetishi mumkin bo‘lgan fond Hurmuz bo‘g‘oziga neft va gaz tashishda qaramlikni kamaytiruvchi infratuzilmani rivojlantirishga ham yo‘naltiriladi.

custom img

Generallar ham qutula olmadi: Xitoyda ikki yuqori martabali harbiy haydaldi

Generallar partiyaga sadoqatsizlik, guruhbozlik, mansab vakolatlarini suiisteʼmol qilish va korrupsiyada ayblangan.

custom img

Yangi cheklov: AQSh Eron aviakompaniyalarining dunyo bo'ylab parvozlarini to'xtatmoqchi

Eron aviakompaniyalariga xizmat ko‘rsatadigan xorijiy aeroport va kompaniyalar AQSh sanksiyalariga duch kelishi hamda dollar tizimidan uzilishi mumkin.

custom img

Italiya maktablarida xorijiy o‘quvchilar soni cheklanadi: burqa va niqob kiyish ham taqiqlanadi

Ayrim xorijlik o‘quvchilarning ota-onalariga italyan tilini o‘rganish majburiyati yuklatilishi mumkin.

custom img

Tramp uchta yirik OAVga Oq uyga kirishni taqiqladi: jurnalistlar sudga murojaat qildi

Donald Tramp taqiqni “soxta yangiliklar”ga qarshi chora sifatida izohladi.

custom img

Dunyoda dizel taqchilligi kuchaymoqda: tanqislik 2027-yilgacha davom etishi mumkin

Xitoy eksportining oshishi va neftni qayta ishlash korxonalarining yuqori rentabellik bilan ishlayotgani bozordagi bosimni qisman yumshatmoqda.

custom img

Janubiy Koreyada mina portladi: uch harbiy xizmatchi jarohatlandi

Hodisa Janubiy Koreya harbiylari chegara hududida qidiruv ishlarini olib borayotgan paytda yuz bergan.

custom img

“Yangi nishonlar va yangi qurollar”: Eron AQShga javob zarbasi bilan tahdid qildi

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi vakili AQSh yangi hujum boshlasa, avval nishonga olinmagan obyektlarga yangi qurollar bilan zarba berilishini ma’lum qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"