Jahon

Xitoyda 3 yoshli bola 18-qavatdan qulab, tirik qoldi

Daraxt mo‘jizaviy tarzda bolaning hayotini saqlab qolgan.

Xitoyda 3 yoshli bola 18-qavatdan qulab, tirik qoldi

Xitoyning Xanchjou shahrida 3 yoshli bola ko‘p qavatli uy derazasidan 18-qavat balandlikdan qulab tushganiga qaramay, omon qoldi. Bu haqda South China Morning Post nashri xabar berdi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa 15-iyul kuni yuz bergan. Ota-onasi bolani bir muddatga buvisi va bobosi qaramog‘iga qoldirib ketgan. Katta yoshli qarindoshlar bolaning uxlayotganini hisobga olib, qisqa muddatga do‘konga chiqqan. Shu vaqt ichida bola uyg‘onib, uydagi derazaga chiqishga urinadi va muvozanatni yo‘qotib, pastga qulab tushadi.

 

Bolani daraxt shoxlari tutib qolgan bo‘lib, bu yiqilish zarbasini yumshatgan. Guvohlar tomonidan darhol tez yordam chaqirilib, bola kasalxonaga yetkazilgan.

 

Shifokorlar bolaning chap qo‘li singani, umurtqasi cho‘zilgani va ayrim ichki a’zolari shikastlangani aniqlagan. Shunga qaramay, uning bosh sohasi butun qolgan va bola hushida bo‘lgan. Voqea tibbiyot mutaxassislari tomonidan “mo‘jiza” deb baholanmoqda.

 

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Xitoyda 3 yoshli bola 18-qavatdan qulab, tirik qoldi | Zamon.uz