Jahon

AQShda 80 yil avval ajralgan aka-singil bir-birlarini topishdi

Onalari ruhiy shifoxonaga yotqizilgach, otasi bolalarga qaray olmagani bois ular turli oilalarga berilgan.

AQShda 80 yil avval ajralgan aka-singil bir-birlarini topishdi

Amerika Qo‘shma Shtatlarida hayotiy burilishlarga boy insoniy voqea ro‘y berdi: tug‘ilganidan ko‘p o‘tmay ajralib ketgan Marian Griffin (80 yosh) va Donald Xefke (81 yosh) oradan deyarli 80 yil o‘tib, bir-birlarini topishdi. Bu haqda gazeta.ru ABC News manbasiga tayanib xabar bermoqda.

 

Ular 1946-yilda, ya’ni bolalik chog‘laridayoq bir-biridan ajralib qolgan. Ruhiy kasallikka chalingan onasi shifoxonaga joylashtirilgan, otasi esa bolalarga yolg‘iz qaray olmagani sababli, Marian sakkiz oylik, Donald esa bir yoshga to‘lmagan vaqtda vasiylikka topshirilgan.

 

Donald 1963-ilda o‘z yaqinlarini izlashga harakat qilgan, ammo Marianning asrab oluvchi oilasi bu boradagi muloqotni rad etgan. Marian esa akasi borligini mutlaqo bilmagan.

 

Oradan yillar o‘tib, Donaldning qizi Denis Beyker tergovga kirishdi. U 20 yildan ortiq vaqtni hujjatlarni o‘rganish, DNK platformalari orqali izlanishlarga sarfladi. Nihoyat, Marianning o‘g‘li Ancestry platformasida DNK natijalarini joylashtirgach, ular orasida qarindoshlik aniqlanib, bog‘lanish imkoni tug‘ildi.

 

Hozircha ular hali shaxsan uchrashishmagan – biri Kaliforniyada, ikkinchisi Floridada yashaydi. Biroq ular bir-birlarini topganidan hayajonda va yaqinda uchrashishni rejalashtirishmoqda.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

AQShda 80 yil avval ajralgan aka-singil bir-birlarini topishdi | Zamon.uz