Kuchli qum bo‘roni Peruda hayot tarzini izdan chiqardi
Soatiga 40 km tezlikda esayotgan shamol daraxtlar qulashiga, elektr uzilishlariga va turizm sohasida uzilishlarga olib keldi.

Peruda yuzaga kelgan kuchli qum bo‘roni tufayli transport aloqalari izdan chiqdi, bir qator avtomobil yo‘llari va dengiz portlari vaqtincha yopildi. Bu haqda gazeta.ru nashriga tayanib xabar bermoqda.
Shamol tezligi soatiga 40 km gacha yetgan. Natijada daraxtlar qulab tushgan, elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar yuzaga kelgan, bir nechta uylar zarar ko‘rgan.
Ica mintaqasida turizm sektori jiddiy zarar ko‘rdi: ekskursiyalar bekor qilindi, paraplan parvozlari to‘xtatildi, ko‘plab tadbirkorlik subyektlari faoliyatini vaqtincha to‘xtatdi.
Meteorologlar noqulay ob-havo 3-avgustga qadar davom etishini bildirdi. Rasmiylar fuqarolarni zarurat bo‘lmasa uydan chiqmaslikka, tashqarida esa himoya niqoblaridan foydalanishga chaqirdi.







