“Neft narxi yana 10 dollarga tushsa, Putin odamlarni o‘ldirishni to‘xtatadi”
Donald Tramp iqtisodiy bosim bilan Kreml rahbarini murosaga keltirish mumkinligini aytdi.

Neft narxining pasayishi Kreml rahbari Vladimir Putinning Ukrainaga qarshi urushini tugatishiga taʼsir qilishi mumkin. Bu haqida AQSH Prezidenti Donald Tramp CNBC telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tgan.
Uning fikricha, neft narxining pasayishi Putinni urushni tugatishga majbur qilish uchun yetarli bo‘ladi.
“Agar bir barrel neft uchun narxni yana 10 dollarga tushirsak, Putin odamlarni o‘ldirishni to‘xtatadi. Uning tanlash imkoniyati qolmaydi, chunki uning iqtisodiyoti yomon ahvolda”, - degan Tramp.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi 18-sanksiya paketini joriy qilgandi. Paketdagi asosiy cheklov Rossiya neftining yangi maksimal narxi edi.
Unga ko‘ra, Rossiya neftining narxi bir barrel uchun 60 dollardan taxminan 47,60 dollarga tushirilgan.







