Jahon

Lukashenko prezidentlikka qayta nomzodini qo‘ymasligini e’lon qildi

Shuningdek Belarus rahbari o‘g‘lini voris sifatida ko‘rsatish haqidagi mish-mishlarni rad etdi.

Lukashenko prezidentlikka qayta nomzodini qo‘ymasligini e’lon qildi

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Time jurnaliga bergan intervyusida o‘g‘li Nikolay Lukashenkoni o‘zining vorisi sifatida ko‘rsatish haqidagi mish-mishlarni rad etdi. Davlat rahbari bu masala bo‘yicha shaxsiy fikrini bildirar ekan, bunday gaplar uning o‘g‘lini ranjitishi mumkinligini ta’kidladi.

 

“Yo‘q, u mening vorisim emas. Siz buni so‘rashingizni bilardim. Yo‘q, yo‘q, yo‘q ”, — dedi Lukashenko.

 

Shuningdek, u kelajakda prezidentlikka o‘z nomzodini qayta qo‘yish rejalari yo‘qligini ma’lum qildi. Belarus rahbari mamlakatda siyosiy o‘zgarishlar bo‘lishi mumkinligini inkor etmay, ularni “inqilobiy emas, balki evolyutsion yo‘l bilan” amalga oshirishga chaqirdi.

 

2025-yil 27-yanvarda Aleksandr Lukashenko yettinchi marta Belarus prezidenti etib saylangan edi. U 1994-yildan buyon mamlakatni boshqarib kelmoqda. Navbatdagi prezidentlik saylovi 2030-yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

 

Lukashenkoning kenja o‘g‘li Nikolay hozirda Pekin universitetida va Belarus davlat universitetida bir vaqtning o‘zida tahsil olmoqda. U 2022-yilda maktabni oltin medal bilan tamomlagan bo‘lib, 2024-yilda Pekin universiteti rahbariyati uni sinfidagi eng yaxshi talaba sifatida ta’riflagan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Lukashenko prezidentlikka qayta nomzodini qo‘ymasligini e’lon qildi | Zamon.uz