Jahon

Turkiyada afg‘onistonlik erkak sobiq xotinini to‘rt farzandi ko‘z o‘ngida bo‘g‘ib o‘ldirdi

Voqea guvohi bo‘lgan bolalar politsiya himoyasiga olingan va xavfsiz joyga joylashtirilgan.

Turkiyada afg‘onistonlik erkak sobiq xotinini to‘rt farzandi ko‘z o‘ngida bo‘g‘ib o‘ldirdi

Turkiyaning Isparta shahrida 29 yoshli Afg‘oniston fuqarosi Hayr Muhammed Rahimiy sobiq turmush o‘rtog‘i, 28 yoshli Fotima Rahmoniyni to‘rt farzandi — 3, 6, 8 va 10 yoshli qizlari ko‘z o‘ngida bo‘g‘ib o‘ldirdi. Voqea Iskender mahallasidagi xonadonda, kecha kechasi sodir bo‘lgan. Bu haqda Medyatava nashri xabar bergan.


Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, er-xotin taxminan bir yil avval ajrashgan bo‘lsa-da, yaqinda yana birga yashay boshlagan. Noma’lum sabablarga ko'ra kelib chiqqan janjal chog‘ida Rahimiy sobiq rafiqasini bo‘g‘ib, harakatsiz holda qoldirgan. Voqea joyiga yetib kelgan tez tibbiy yordam xodimlari Fotima Rahmoniyni jonlantirishga harakat qilgan, ammo u kasalxonada vafot etgan.


Politsiya Rahimiyni voqea joyida qo‘lga oldi. U bo‘limda ko‘rsatma bergach, sud qarori bilan hibsga olingan. Marhumaning to‘rt farzandi esa politsiya himoyasiga olingan va xavfsiz joyga joylashtirilgan.


Voqea bo‘yicha tergov ishlari davom etmoqda. Mahalliy jamoatchilik ayollar o‘limi va oilaviy zo‘ravonlikka qarshi keskin norozilik bildirmoqda, huquq himoyachilari esa ayollar xavfsizligini ta’minlash uchun qo‘shimcha choralar ko‘rishga chaqirmoqda.

custom img

Hindistondagi tunnel qulashi oqibatida 20 kishi halok bo‘ldi

Tunnelning qulashiga metan gazining portlashi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.

custom img

Yevropadagi jazirama don bozoriga 2 milliard yevrodan ortiq zarar yetkazdi

Iyun oyida Yevropada kuzatilgan anomal issiq oqibatida qariyb 9 million tonna don hosili yo‘qotildi.

custom img

Tramp shahzodaga nimani va'da qilgan?

Dunyoda yangi yadro poygasi boshlanayotgan ko‘rinadi. CNN qo‘liga tushgan maxfiy hujjatlar va Oq uydagi insaydlar global xavfsizlikni ostin-ustun qilib yuboradigan kelishuv fosh bo‘lganini ko‘rsatmoqda. Donald Tramp ma’muriyati Saudiya Arabistoniga uranni mamlakat ichida boyitishga dastlabki rozilikni bergan. Eng dahshatlisi — bu kelishuv xalqaro xavfsizlik nazoratlarisiz amalga oshirilishi mumkin! Muzokaralar allaqachon yakunlangan, biroq hujjat haligacha Oq uy stolida imzo kutib yotibdi. Nega? Keling, parda ortidagi o‘yinlarni tahlil qilamiz.

custom img

“Tehron muzokaralarga jiddiy yondashmayapti” – Rubio

Hormuz bo‘g‘ozidagi keskin sabab energetika bozorida xavotirlar kuchaygan.

custom img

Ozarbayjonda o‘zbek shoiri Shuhrat Orifning kitobi taqdimot qilindi

TURKSOY festivali doirasida o‘zbek shoirining “Maktubdir umrim” kitobi kitobxonlarga taqdim etildi.

custom img

Tramp Saudiya Arabistoni bilan yadro energetikasi bo‘yicha 30 yillik kelishuvni ma'qulladi

Shuningdek, ikki davlat qo‘shma tadqiqot o‘tkazganidan so‘ng qirollik hududida uranni boyitish inshooti qurilishi ham mumkin.

custom img

Maduro va uning rafiqasi ustidan sud 2027-yilda boshlanishi mumkin

Nikolas Maduro va uning rafiqasi AQShda giyohvand moddalar savdosiga aloqadorlikda ayblanmoqda.

custom img

Mamdani Netanyaxuni hibsga olish vakolati yo‘qligini tan oldi

Avvalroq Netanyaxuning BMT Bosh Assambleyasiga tashrifi vaqtida uni hibsga olish ehtimoli muhokama qilingandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"