Amerikada 13 yoshli bola 70 metrlik qoyadan yiqilib, omon qoldi
U jarlikda 4 kun oziq-ovqatsiz va suvsiz qolib ketgan.

AQSHning Missuri shtatida jarlikdan qulab tushgan 13 yoshli bola moʻjizaviy tarzda omon qoldi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru” nashri.
Kodi ismli bola 27 iyul kuni Guz-Krik ko‘li yaqinida yashovchi do‘stining uyiga borish uchun skeytbordda ketayotganda g‘oyib bo‘lgan. U uyga qaytmagach, oila politsiyaga qo‘ng‘iroq qilgan. Ko‘ngillilar, qarindoshlar va sherif xodimlari ishtirok etgan qidiruv ishlari 80 soatdan ortiq davom etdi.
Uch kundan keyin Kodining akasi skeytbordni topib oldi va Daril ismli xizmat iti qutqaruvchilarni tik qoyaga yetakladi. Pastki qismida, jazirama quyosh ostida, maktab o‘quvchisi tirik, ammo jiddiy jarohatlar bilan topilgan.
O‘smir vertolyotda Sent-Luis bolalar kasalxonasiga yetkazilgan, u yerda sunʼiy nafas oldirish apparatiga ulangan va reanimatsiya bo‘limida saqlanmoqda.
Shifokorlarning aytishicha, tiklanish jarayoni uzoq bo‘ladi. Kodi og‘ir ahvolda reanimatsiyada qolmoqda va jarohatlar bilan kurashishda davom etmoqda. Holati stabillashganidan keyin u reabilitatsiya markaziga o‘tkaziladi.







