Xitoyda endi vazn tashlagan xodimlarga pul beriladi
Kompaniyalardan biri sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida yangicha aksiya boshladi.

Xitoyning janubiy Guangdong provinsiyasida joylashgan Insta360 fotoapparat kompaniyasi o‘z xodimlari uchun “Vazn tashlang va pul ishlang” tanlovini eʼlon qildidi. Qoidalar oddiy: yo‘qotilgan har 500 gramm vazn uchun rahbariyat 500 yuan (70 dollar) to‘laydi. Aksincha, xodim 500 gram vazn yig‘sa, u kompaniyaga 800 yuan (112 dollar) jarima to‘laydi.
Xabar qilinishicha, hozircha hech kim jarimaga tortilmagan. 99 nafar xodim ushbu aksiyaga qo‘shilib, jami 950 kg vazn yo‘qotdi va jami 1 million yuan (139 389 dollar) ishlab oldi.
Insta360 taʼkidlashicha, tashabbus sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va xodimlarni hayot va ishga ijobiy munosabatda bo‘lishga undashga qaratilgan.
Bu g‘oya internetda shov-shuvga sabab bo‘ldi, ko‘plab foydalanuvchilar o‘z kompaniyalarini shunga o‘xshash tanlovlarni o‘tkazishga chaqirmoqda.







