Jahon

Qirg‘izistonda bolalarda kam uchraydigan xavfli genetik sindrom aniqlandi

Kasallikda og‘iz atrofida jigarrang dog‘lar, oshqozon-ichak tizimida poliplar kuzatiladi va ular vaqt o‘tishi bilan xavfli o‘smaga aylanishi mumkin.

Qirg‘izistonda bolalarda kam uchraydigan xavfli genetik sindrom aniqlandi

Qirg‘iziston sog‘liqni saqlash tizimi shifokorlari bolada juda kam uchraydigan genetik kasallik — Peits–Jegers sindromini aniqlashdi. Bu haqda Onalik va bolalikni muhofaza qilish milliy markazi ma’lum qildi.

 

Markaz rahbari Sulton Stambekovning so‘zlariga ko‘ra, kasallik irsiy xarakterga ega bo‘lib, bola hayotining ilk davrida alomatlarini namoyon qiladi. Uning asosiy belgilari teri va shilliq pardalarda mayda jigarrang yoki qora dog‘larning paydo bo‘lishi, shuningdek, ichaklarda poliplar o‘sishi bilan bog‘liq.

 

Poliplar dastlab xavf tug‘dirmasligi mumkin, biroq vaqt o‘tishi bilan ular saraton rivojlanishi xavfini kuchaytiradi. Kasallik oshqozon, yo‘g‘on ichak, oshqozon osti bezi, saratonni yuzaga keltirishi mumkin.

 

Alomatlar qatorida qorin sohasida og‘riqlar, ichak faoliyatining buzilishi (ich qotishi yoki to‘silib qolishi), qon ketish tufayli rivojlanadigan kamqonlik hamda tez charchash holatlari kuzatiladi.

 

Ushbu sindrom STK11 genidagi mutatsiya tufayli paydo bo‘ladi va autosomal-dominant yo‘l bilan avlodlarga o‘tadi. Ota-onalardan birida bo‘lsa, farzandda ham kuzatilish ehtimoli yarmidan ko‘p bo‘ladi.

 

Kasallikni erta aniqlashda endoskopiya va genetik tahlillar muhim ahamiyat kasb etadi. Davolash jarayonida poliplarni olib tashlash hamda bemorni doimiy kuzatuv ostida saqlash zarur.

 

Shifokorlar ota-onalarga murojaat qilib, bolalarda g‘alati toshmalar yoki ovqat hazm qilishdagi buzilishlar kuzatilsa, kechiktirmasdan mutaxassislarga murojaat etishni tavsiya qilishdi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Qirg‘izistonda bolalarda kam uchraydigan xavfli genetik sindrom aniqlandi | Zamon.uz