Putinning Ukrainadagi urushni tugatish uchun qo‘ygan shartlari e’lon qilindi
Shartlar orasida Ukraina NATO’ga qo'shilishdan voz kechishi va rus tiliga maqom berishi ham bor.

Reuters manbalariga ko‘ra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina bilan urushni to‘xtatish uchun bir qator talablarni ilgari surgan. Unga ko‘ra, quyidagi shartlar bajarilmaguncha o‘t ochishni to‘xtatish imkonsiz:
Tinchlik bitimi imzolanmaguncha urush davom etadi;
Ukraina qurolli kuchlari Donetsk va Lugansk viloyatlarining ma’muriy chegaralaridan chiqib ketishi kerak;
Rossiya Xerson va Zaporojye front chizig‘ini hozirgi holatda muzlatib qo‘yadi;
Rossiya Sumi va Xarkovdagi ayrim hududlarni Ukrainaga qaytaradi;
Qrim ustidan Rossiya suvereniteti rasman tan olinishi lozim;
Rossiyaga qarshi ayrim sanksiyalar bekor qilinishi kerak;
Ukraina NATO’ga a’zo bo‘lmasligi shart;
Mamlakatda rus tiliga ayrim hududlarda yoki butun Ukraina bo‘ylab rasmiy maqom berilishi lozim;
Rus pravoslav cherkovining erkin faoliyati kafolatlanishi zarur.







