Jahon

Tramp 22-avgust kuni Putin va Zelenskiy bilan uch tomonlama sammit o‘tkazishni rejalashtirmoqda

Rossiya rahbari Trampning tashabbusiga hali aniq javob bermagan.

Tramp 22-avgust kuni Putin va Zelenskiy bilan uch tomonlama sammit o‘tkazishni rejalashtirmoqda

AQSh prezidenti Donald Tramp 22-avgust kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uch tomonlama sammit o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Axios nashri ikki manbaga asoslanib xabar berdi.

 

Manbalarga ko‘ra, Trampning bu tashabbusi Putin va Zelenskiy bilan o‘tkazilgan telefon muloqotlari ortidan ilgari surilgan. Biroq Kreml hozircha uchrashuv o‘tkazishga qat’iy rozilik bildirmagan.

 

Reuters’ning qayd etishicha, Zelenskiy Donetsk viloyatini Rossiyaga berish shartini rad etgan. Putin esa Tramp bilan muloqot chog‘ida Ukrainaga “xavfsizlik kafolatlari”ni muhokama qilishga tayyorligini bildirgan, ammo bunda Xitoyni ham kafil sifatida ko‘rishni taklif qilgan.

 

Axios manbalari ta’kidlaganidek, Rossiya prezidenti tinchlikka oid shart sifatida Ukrainaning sharqiy hududlaridan qo‘shinlarni olib chiqishni talab qilmoqda. U Donetskdan qo‘shinlar chiqarilishi evaziga Xerson va Zaporojye viloyatlaridagi hujumlarni to‘xtatishga tayyorligini bildirgan.

 

Shu bilan birga, Tramp 18-avgust kuni Oq uyda Zelenskiy bilan uchrashuv rejalashtirilgani va unga Yevropa davlatlari rahbarlari ham taklif etilgani ma’lum qilingan.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Tramp 22-avgust kuni Putin va Zelenskiy bilan uch tomonlama sammit o‘tkazishni rejalashtirmoqda | Zamon.uz