Jahon

Turkiyada davlat xizmatchilari hukumatning maosh taklifiga qarshi ish tashladi

Bir kunlik norozilik butun mamlakat bo‘ylab transport va xizmatlarga ta’sir ko‘rsatmoqda.

Turkiyada davlat xizmatchilari hukumatning maosh taklifiga qarshi ish tashladi

18 avgust kuni Turkiyada davlat xizmatchilari hukumatning 2026–2027 yillar uchun taklif etgan maosh oshirish rejalariga qarshi bir kunlik ish tashlash o‘tkazdi. Norozilik butun mamlakat bo‘ylab jamoat transporti va davlat xizmatlarida jiddiy uzilishlarga sabab bo‘ldi.

 

Hukumat 12 avgust kuni ilk bor maoshni oshirish bo‘yicha taklifini e’lon qilib, 2026 yilning birinchi yarmida 10%, ikkinchi yarmida 6% va 2027 yilda ikki marotaba 4% ko‘tarishni rejalashtirgan edi. Keyinchalik, 15 avgust kuni bazaviy maoshga qo‘shimcha ₺1,000 (taxminan $24) qo‘shilishi ham bildirildi, ammo kasaba uyushmalari buni yetarli deb bilmay, rad etdi.

 

Norozilik namoyishlari Anqaradan tortib barcha 81 viloyatda o‘tkazildi. Poytaxtda davlat xizmatchilari Moliya hamda Mehnat va ijtimoiy ta’minot vazirliklari oldida yig‘ildi. Izmirdagi shahar atrofi poyezdlari — İZBAN esa ish tashlash tufayli bir kunga to‘xtatildi.

 

Turkiya Kasaba uyushmalari konfederatsiyasi raisi Ali Yalchin hukumatning taklifini “inflyatsiya haqiqatini inkor etish” deya baholab, “bunday sharoitda muzokara emas, ko‘chaga chiqishdan boshqa yo‘l qolmadi”, dedi. Norozilikka Memur-Sen va KESK kabi yirik tashkilotlar ham qo‘shildi.

 

Rasmiy statistikaga ko‘ra, iyul oyida inflyatsiya 33,5%ni tashkil etdi. Mustaqil tadqiqotchilar esa real ko‘rsatkich 65% atrofida ekanini ta’kidlamoqda. Kasaba uyushmalari esa 2026 yil uchun 88%, 2027 yil uchun esa 46% maosh oshirilishini talab qilmoqda.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Turkiyada davlat xizmatchilari hukumatning maosh taklifiga qarshi ish tashladi | Zamon.uz