Jahon

Chexiya Yevropa Ittifoqidagi tezlikni 150 km/soatgacha cheklaydigan birinchi davlat bo‘lishi mumkin

Avtomobil yo‘lining ayrim qismida yangi cheklov sentyabr oyida sinov tariqasida joriy qilinadi.

Chexiya Yevropa Ittifoqidagi tezlikni 150 km/soatgacha cheklaydigan birinchi davlat bo‘lishi mumkin

Chexiyada avtomobil yo‘lining ayrim hududida ruxsat etilgan tezlikni 150 km/soatgacha oshirish rejalashtirilmoqda. Mahalliy hokimiyat ma’lumotiga ko‘ra, Tabor va Cheske-Budevitse shaharlari orasidagi 50 kilometrlik yo‘lda haydovchilar yuqori tezlikda harakatlanishi mumkin bo‘ladi. Bu haqda Bild nashri xabar berdi.

 

Yangi tartibni sinov tariqasida joriy etish sentyabr oyining oxiriga belgilangan. “150 km/soat” belgili elektron yo‘l ko‘rsatkichlari faqat qulay ob-havo sharoitida va yo‘lning tig‘iz emasligi holatida ishlaydi. Agar yomg‘ir, qor yoki boshqa noqulay ob-havo kuzatilsa, tizim avtomatik ravishda ruxsat etilgan tezlikni 20 km/soatga pasaytiradi.

 

Hozirda Chexiya avtomobil yo‘llarida umumiy tezlik chegarasi 130 km/soatni tashkil etadi. Shuningdek, Avstriyada ham 2018–2020-yillarda Vena va Zalsburg oralig‘ida 140 km/soat tezlik cheklovi sinov tariqasida joriy qilingan edi. Biroq loyiha karbonat angidrid chiqindilarining oshishi haqidagi xavotirlar sababli o‘sha paytdagi iqlim ishlari vaziri Leonora Gevessler tomonidan to‘xtatilgan.

 

Chexiya ushbu tashabbusni amalga oshirsa, Yevropa Ittifoqida eng yuqori tezlik chekloviga ega davlat sifatida tarixda qolishi mumkin.

custom img

AQSh Eronga qarshi operatsiyaga kuniga 900 mln dollar sarflamoqda

Oq uy yaqin kunlarda AQSh Kongressidan qo‘shimcha mudofaa byudjeti so‘rashi kutilmoqda.

custom img

Isroilda raketa hujumi oqibatida 62 yoshli o‘zbekistonlik erkak halok bo‘ldi

U so‘nggi 14 yil davomida Isroilda yashab kelgan va ushbu davlat fuqarosi hisoblangan.

custom img

Xitoy Tojikiston–Afgʻoniston chegarasida 9 ta chegara inshooti quradi

Loyiha qiymati 550 million somoniydan ortiq bo‘lib, mablag‘ to‘liq Xitoy tomonidan qoplanadi.

custom img

Eron Yaqin Sharqdagi AQSH va Isroilga tegishli yirik banklarga hujum qilishi mumkin

Eron harbiy shtabi rahbari Yaqin Sharq mamlakatlari aholisiga ushbu obyektlardan bir kilometr uzoqroqda bo‘lishni maslahat berdi.

custom img

72 nafar O‘zbekiston fuqarosi AQShdan deportatsiya qilindi

Donald Tramp AQSh prezidenti bo‘lgandan buyon 1000 nafardan ortiq o‘zbekistonlik deportatsiya qilingan.

custom img

Mintaqadagi davlatlar Eronning dushmani emas — Qatar tashqi ishlar vaziri

Vazir Muhammad bin Abdulaziz al-Xulayfiy Eron va Qo‘shma Shtatlarni vositachilik yo‘li bilan yechim topish uchun muzokaralar stoliga qaytishga chaqirdi.

custom img

AQSH Isroildan Erondagi neft va energetika obyektlariga zarba bermaslikni so‘radi

So‘rovning sabablaridan biri sifatida Trampning urush tugagandan keyin Venesueladagi kabi Eron neft sektori bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqchiligi keltirilgan.

custom img

Tehron Bayrutda to‘rt nafar eronlik diplomatning o‘ldirilganini terrorchilik harakati sifatida baholadi

Isroil harbiylari Bayrutdagi mehmonxonada eronlik agentlarning maxfiy uchrashuvi bo‘lib o‘tayotganidan xabardor bo‘lgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"